Universal va DreamWorks Animation kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan “Yovvoyi robot” animatsion filmining butun dunyo bo‘ylab kassa miqdori 300 million dollardan oshdi. Film kassa tushumlarini kamaytiradigan raqamli formatda bo‘lishiga qaramay, loyiha reytingi 90 foizga yetdi.

Kimsasiz oroldagi g‘oz bolasiga ona bo‘lish uchun improvizatsiya qilishga va har kuni o‘z dasturini yangilashga majbur bo‘lgan robot haqidagi hikoya shu yilning sentyabr oyida katta ekranlarga chiqdi. Film o‘zining nafaqat chiroyli animatsiyasi uchun, balki tanqidchilarning ijobiy sharhlari tufayli (Rotten Tomatoes’da 98 foiz) katta muvaffaqiyatga erishdi. Kino tanqidchilarning barchasi bir ovozda “Yovvoyi robot”ni oilaviy tomosha qilish uchun kelajak klassikasi namoyondasi ekanini ta’kidlamoqda.
Alohida qayt etish lozimki, animatsion film hech qaysi loyihaning sikveli bo‘lmagan, 2024-yilgi yangi filmlar orasida yetakchi o‘rinni egalladi

Qahramonlarga Lupita Nyongo, Pedro Paskal, Bill Nayyi, Mark Hemill, Ketrin O’Hara va boshqa aktyorlar ovoz berdi. “Ajdarhoni qo‘lga o‘rgatish”, “Krudlar oilasi” va “Lilo va Stitch” loyihalari muallifi Kris Sanders filmga rejissyorlik qildi.
Noyabr oyida yana bir multfilm — Disney tomonidan “Moana”ning sikveli taqdim etilishi kutilmoqda. Ushbu multfilmning birinchi qismi ko‘rishlar soni bo‘yicha Disney+ strimingida mutlaq hitga aylangan.Quyida multfilmning rasmiy treylerini endi O'zbek tilida tomosha qilishingiz mumkin
Tasodifiy xabarlar
"Uddalab bo'lmas topshiriq 7" filmi kadr orti jarayoni (Video)
"G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" filmi BAFTA mukofotini oldi
"Kul" Yonish qoldig'i yangi ilmiy-fantastik triller jardagi film treyleri
"Kaskadyorlar" jangari filmidan yangi rasmiy ikkinchi treyler
Nosferatu filmi kutilganidan ham ortiq natijani ko'rsatmoqda
"Agent Elvis" multseriali rasmiy treyleri (Video)