Mark Sukerberg haqida hujjatli film suratga olinadi
Buyuk Britaniyaning “Sky” telekompaniyasi “Facebook” va “Meta” kompaniyasi asoschisi Mark Sukerbergning hayoti haqida hujjatli film suratga oladi.
Kartinaning ishchi nomi “Sukerberg: Metakoinot qiroli” boʻlib, unga arxiv kadrlar, Sukerbergning yaqin insonlaridan olingan intervyular jamlanadi. Filmning umumiy davomiyligi 90 daqiqani tashkil etadi.
Maʼlumotlarga koʻra, hujjatli filmga Nik Grin rejissyorlik qilmoqda. U oʻz faoliyati davomida Buyuk Britaniya, Qadimgi Rim, qirollik oilasi va Putin haqida hujjatli filmlar suratga olgan.
Eslatib oʻtamiz, 2010 yili “Facebook“ning yaratilish tarixi va uning asoschisi haqidagi badiiy film taqdim etilgan edi. Jessi Ayzenberg tomonidan suratga olingan kartina toʻrtta nominatsiya boʻyicha “Oltin globus” mukofotini qoʻlga kiritgan. Jahon kinoprokatidan esa 224 million AQSh dollari miqdorida foyda koʻrgan.


Tasodifiy xabarlar
"Migratsiya" yangi komedik animatsion film treyleri
Stiven Spilberg "Dyuna. Ikkinchi qism" filmini yuqori baholadi
"Minora" filmi haqidagi siz ma'lumotlar (Video)
Wednesday 2 mavsumi fasli Uenzdey 2 fasli rasmiy treyleri
"Fantomas" filmi yana ekranlarga qaytadi
Juda ham o'zgarib ketgan aktyor va aktrisalar (Video)