Jenna Ortega "Wednesday" ro'li uchun "Oltin yil" mukofotini oldi

Rotten Tomatoes veb-sayti har yili o‘tkaziladigan Golden Tomato mukofoti natijalarini e’lon qildi. Aktrisa Jenna Ortega Golden Year (“Oltin yil”) nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi, u o‘tgan yili muvaffaqiyatli loyihalar ustida ishlagani, yilning bir nechta muvaffaqiyatli filmlari, teleshoularda rol o‘ynagani, shuningdek, shaxsiy yutuqlari uchun mukofotlandi.

  

Sayt tahririyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ular 70 ta mashhur nomdan iborat qiyin tanlovga duch kelgan. Natijada, mukofotni besh kishi: Kvinta Brunson (amerikalik yozuvchi, prodyuser va komediyachi) “Ebbot boshlang‘ich maktabi” sitkomini yaratgani uchun; Kollin Farrel “Betmen” filmidagi Pingvin roli, “O‘n uch hayot” dramasi va “Banshi Inisherina” qora komediyasi uchun; “Oylik ritsar” seriali, “Varangian” filmi va “Qora telefon” dahshatli filmi uchun Itan Xouk; Jenna Ortega “Uenzdey” va bir vaqtning o‘zida bir nechta dahshatli filmlar: “Qichqiriq”, “Studio 666” va boshqa loyihalar uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

Shuningdek, Mishel Yeoh yilning eng yuqori daromad keltirgan multfilmi “Minyonlar: Gryuvitatsiya”ning ovozga berish jarayonlaridagi ishtiroki va “Hammasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida” filmidagi bosh rolni ijro etgani uchun (kinotanqidchilar ushbu loyiha “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritishini bashorat qilmoqda, komediya umumiy 11 nominatsiya bo‘yicha nomzod bo‘ldi) mukofotga loyiq ko‘rildi.

 

Golden Tomato mukofoti g‘oliblari va nomzodlari saytdagi reytingga ko‘ra tanlanadi. Reyting o‘z navbatida, yozuvchilar uyushmasi va kinotanqidchilar assotsiatsiyasining diplomga ega a’zolari tomonidan ma’lum bir film uchun ommaviy axborot vositalarida chop etilgan sharhlardan iborat.

×