Film yaratish jarayoni oson ish emas. Xuddi shu narsa eng daromadli film franshizalaridan biri — “Garri Potter”ga ham tegishli.
Rejissor Alan Rikman linza taqishini bilib, hayratda qoladi
“Alanga kubogi” rejissori Mayk Nyuell Alan Rikman roli uchun maxsus qora kontakt linzalar taqqanidan bexabar edi. Bir marta u aktyorning ko‘zlari rangini maqtaydi, Rikman esa ko‘zidagi linzalarni olib ko‘rsatadi.
2) Griffindor va Slizerin o‘rtasidagi dushmanlik “Stop, olindi!” buyrug‘idan keyin ham davom etadi
Tom Felton o‘z xotiralarida suratga olish maydonchasidagi bolalar o‘ziga xos klanlarni shakllantirganini aytadi. Biriga Deniel, Rupert va Emma, ikkinchisiga Tom va boshqa Slizerinlar kirardi. Ular bir-birlariga hazil qilish imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi. Bir voqea uchun Malfoy rolini o‘ynagan Tom hamon uyaladi: u Emma Uotsonni yig‘lashgacha olib boradi.
3) Deniel Redkliff 12 tadan 20 tagacha tayoqcha sindiradi
Mish-mishlarga ko‘ra, franshizani suratga olish paytida Deniel juda ko‘p rekvizitlarni buzgan. Ko‘pincha u sehrli tayoqchalarni sindirib qo‘yardi. Ba’zi manbalarda 60 yoki hatto 100 tagacha deyiladi.
Denielning o‘zi bu mish-mishlarni tasdiqladi: u sehrli tayoqchalarni baraban sifatida ishlatganini aytadi, lekin 100 ta emas, 12 tadan 20 tagacha sindirgan bo‘lishi mumkin.
4) Xelen Makkrori Bellatrisa rolini o‘ynashi kerak edi.
Nartissa Malfoy rolini ijro etgan aktrisa Xelen Makkrori dastlab asosiy yovuzlardan biri — Bellatrisa Lestrenj rolini o‘ynashi kerak edi. Ammo u homilador bo‘lib qoladi, shuning uchun uning o‘rnini Xelena Bonem Karter egallaydi.
5) Yozuvchi Joan Rouling Emma Uotsonni Germiona roliga mos kelmaydi deb hisoblagan.
Intervyularining birida yozuvchi Joan Rouling Emma Uotsonni birinchi marta ko‘rganida xafa bo‘lganini tan oladi. Uning fikricha, yosh aktrisa Germiona roliga mos kelmaydi, chunki u juda chiroyli edi. Kitoblarda Rouling qahramonning asta-sekin qo‘pol qizdan jozibali xonimga aylanishini tasvirlagan. Biroq Emmaning tashqi ko‘rinishi bunga to‘g‘ri kelmasdi. Yozuvchi bu shunchaki kino ekaniga o‘zini ishontiradi. Bundan tashqari, u Emma ajoyib aktrisa ekanligini va uning xarakteri Miss Grenjerga mos kelishini ta’kidlaydi.
6)Lutsius Malfoy rolini ijro etgan aktyor tom ma’noda ekrandagi vaqtini uzaytiradi
Jeyson Ayzeks Joan Roulingdan o‘z qahramonini qamoqdan ozod qilishini so‘raydi. Gap shundaki, Lutsius Azkabanga qamalishi va 6-filmda ko‘rsatilgan davrda u yerda bo‘lishi kerak edi. Ammo aktyor so‘nggi filmda ishtirok etishni shunchalik xohlaydiki, muallifdan tiz cho‘kib yolvoradi. Oxir-oqibat Lutsius “Garri Potter va ajal tuhfasi”ning ikkala qismida ham ishtirok etadi, hatto muhim rol o‘ynaydi.
7)Rupert Grint “Xogvartsga qaytish” filmining suratga olish maydonchasida bo‘lmaydi
Ziyrak tomoshabinlar Rupert Grint aktyorlar uchrashuvida bo‘lmagan degan nazariyani ilgari suradi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, aktyor alohida suratga olingan, so‘ngra montaj paytida uning kadrlari filmga kiritilgan.
Gap shundaki, uchrashuvni suratga olish Londonda, muxlislar taxminiga ko‘ra, Rupert Grint Torontoda bo‘lishi va “Noyob narsalar xonasi” teleserialida suratga tushishi kerak bo‘lgan bir vaqtda bo‘lib o‘tgan. “Xogvartsga qaytish” filmining yakuniy titrlarida kanadalik mutaxassislarning ismlari ham qo‘shilgani sababli tomoshabinlar Rupert ishtirok etgan sahnalar Torontoda suratga olingan degan xulosaga kelishadi. Keyinchalik, ijodkorlar bu ma’lumotni tasdiqlaydi.
8) Emma Uotson butun jamoasining ishiga aralashib, xalaqit beradi.
“Garri Potter” filmining birinchi qismini suratga olish paytida Emma Uotson suratga olish maydonchasida birgalikdagi kadrlarni doimiy ravishda buzardi. Buning sababi u ssenariyni yoddan bilar va lablarini qimirlatib, vaqti-vaqti bilan Garri va Ronning satrlarini o‘ziga o‘zi takrorlardi.
Rejissor suratga olishni to‘xtatib, “Emma, sen yana Garrining so‘zlarini aytyapsan” derdi. Kichkina aktrisa darhol uzr so‘rab, qayta bunday qilmaslikka va’da berardi, lekin birozdan so‘ng yana lablarini qimirlata boshlardi.
9) Helena Bonem Karter biroz hayajonlanib, Metyu Lyuisning qulog‘iga jarohat yetkazib qo‘yadi.
Helena Bonem Karterdan boshqa hech kimni shafqatsiz jodugar Bellatriks Lestrenj sifatida tasavvur qilishning iloji yo‘q. Aktrisa bu obrazni shu qadar ishonchli tarzda gavdalantirganki, u Nevill rolini o‘ynagan aktyorni deyarli kar qilib qo‘yay deydi. Filmning beshinchi qismida Lestrenj bolani garovga olganida, aktrisa roliga shu qadar kirishib ketadiki, tasodifan Metyuning qulog‘iga tayoqchasi bilan urib, quloq pardasiga shikast yetkazadi. Keyinchalik Helena bu improvizatsiya teskari natija berganini tan oladi.
Tasodifiy xabarlar
Arkeyn 2 mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
Brendan Freyzer muhlislarni hayratda qoldirdi
Sehrgar Albus Dambldor raktyor Maykl Gembon vafot etdi
“Garri Potter” seriali qachon katta ekranlarga chiqish sanasi e’lon qilindi
Aktyor Tom Holland hayoti va ijodi haqida (Video)
Dueyn Jonson MMA mashg‘ulotlarini boshlashini ma’lum qildi