Mashhur “Kalmar o’yini” serialining ikkinchi mavsumi o’zgacha bo’lishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, aktyorlar tarkibi o’zgarmaydi, biroq ularning safiga yangi chehralar qo‘shiladi.
Serialning bosh qahramoni, Song Ki Xun rolini ijro etgan Li Jung Chje loyiha haqida qisqacha gapirib o’tdi. Aktyor ikkinchi mavsumning ssenariy tafsilotlarini bilishni istamasligini va bunday suhbatlardan qochishini aytdi.
“Men rejissyorga hech qanday savol bermaslikka harakat qilaman. Chunki kuchli his-tuyg‘uni serialda yetkaza olishim uchun qoyilmaqom ssenariyni suratga olish ishlaridan oldin o’qishim kerak”, – deydi aktyor.
Shuningdek, Li Jung Chje serialdagi o’yinlarning o’ziga xosligi va chiroyli belgilar birinchi mavsumning muvaffaqiyatiga sabab bo’lgan muhim omil ekanligini aytdi.
"Kalmar o'yini" serial 2-mavsum suratga olish ishlari shu yil yozda boshlanadi. Bundan kelib chiqadiki premyera katta ehtimol bilan 2024-yilda bo'ladi.


Tasodifiy xabarlar
"Davom etish" yangi jangari triller film rasmiy treyleri
Netflix Amir Temur haqida film suratga oladi!
"Netflix" koreys filmlari va seriallari uchun katta pul ajratadi
"Adolat tarafdori 3" filmidan rasmiy treyler (Video)
Venom 3: So'ngi raqs filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
"Maymunlar sayyorasi 4 :Qirollik" filmidan ilk rasmiy tizer taqdim etildi