Pixar kompaniyasi kreativ direktori va “Boshqotirma” animatsion filmlari muallifi Pit Dokter Entertainment Weekly nashriga bergan intervyusida mazkur franshiza asosida animatsion serial suratga olinayotgani haqida xabar berdi, deb yozadi Pravila Jizni.
Dokter so‘zlariga ko‘ra, loyiha ustidagi ishlar deyarli nihoyasiga yetgan va multserial 2025-yilning bahorida Disney+ da namoyish etiladi.
Yangi serial “Dream Production” (“Tushlar studiyasi”) deb nomlangan. Serial Rayli Anderson xayolida uning orzularini ro'yobga chiqaradigan Dream Production kinostudiyasi haqida hikoya qiladi.
“Biz tushlarning ongimizdagi o‘rni va ular uyg‘onganimizda bizga qanday ta’sir qilishini o‘rganishni davom etdik. Ushbu loyiha muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonamiz”, — dedi Pit Dokter.
Serial haqida boshqa tafsilotlar mavjud emas.
Pixar va Disney’ning “Boshqotirma” animatsion filmining birinchi qismi Multfilmning birinchi qismi 2015-yilda namoyish etilgan, unda Rayli ismli qizaloqning miyasida yashaydigan beshta hissiyot: Quvonch, Qayg‘u, Qo‘rquv, G‘azab va Tashvish haqida hikoya qilinadi. Rayli asta-sekin ulg‘ayib boradi, bu uning his-tuyg‘ularini xotirasida saqlab qolishga va halokatli o‘zgarishlarning oldini olishga yordam beradi.
“Boshqotirma-2” premyerasi AQSHda 13-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislarning fikricha, filming ikkinchi qismi bir qator kassa ko‘rsatkichlari bo‘yicha “Dyuna-2” va “Barbi”ni ortda qoldirdi. Boshqotirma-2” jahon kinoprokatida 133 million dollardan ortiq daromad keltirdi.
Shuningdek, sikvel Pixar studiyasining tarixdagi eng yaxshi beshta loyihalaridan biriga (“Super oila”, “Dorini izlab”, “O‘yinchoqlar tarixi” kabi) aylanishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.



Tasodifiy xabarlar
Deniel Redkliff “Garri Potter” syomkasidagi baxtsiz hodisa tufayli falajlanib qolgan dublyori haqida hujjatli film suratga olmoqda
"Bizning so'ngimiz" seriali 3 qismi uchun tizer (Video)
"Qirolicha Kleopatra" yangi mini serialidan rasmiy treyler
"Qor jamiyati" filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
“Kalmar o‘yini”dagi aktrisa oshqozon saratonidan vafot etdi
Tarot yangi qo'rqinchili filmdan birinchi rasmiy treyler (Video)