Buyuk Britaniyada “Garri Potter”ning 25 yillik yubileyi munosabati bilan Xogvarts tasviri tushirilgan tanga muomalaga chiqarildi
Buyuk Britaniya qirollik zarbxonasi “Garri Potter”dagi Xogvarts jodugarlik va sehrgarlik maktabi tasviri tushirilgan tangani muomalaga chiqardi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.
Xogvarts maktabi tasvirlangan tanga turli nominallarda taqdim etilgan. Narx tanganing materialiga qarab o‘zgaradi — oddiy metall tangani 13 dollardan, oltin tangani esa 6 420 dollardan sotib olish mumkin.
Xogvarts tangasi 2022-yilda Joan Roulingning “Garri Potter va hikmatlar toshi” asarining birinchi marta nashr etilganiga 25 yil bo‘lgani munosabati bilan chiqarilgan to‘rtta Garri Potter tangalari kolleksiyasining oxirgisi hisoblanadi. Boshqa tangalarda bosh qahramon Garri Potter, professor Dambldor va “Kings-Kross” poyezdi tasvirlangan.


Tasodifiy xabarlar
Beetlejuise 2 filmi kassa yig'imlari 400 million dollordan oshdi
Qora Pantera Boqiy Vakanda (Treyler)
"Forsaj 10" filmi suratga olish jarayonlari haqidagi video
Seriallar mavsumlari orasidagi uzoq tanaffuslar striming platformalarga zarar keltirmoqda
Momaqaldiroqlar O'zbek tilida Uzbek tilida film tahlilini tomosha qiling
"O'g'rilanmagan kelin" filmida Shohruhxon rostdan ham Kajolni sevib qolganmi?