Amerikalik aktyor Al Pachino to‘rtinchi marta ota bo‘ladi. Uning rafiqasi Nur Alfalla farzand kutmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu Gollivud yulduzining to‘rtinchi farzandi, uning rafiqasi Nur Afalla avvalroq Mik Jagger va milliarder Nikolas Berggruen bilan munosabatda bo‘lgan. Aktyorning rafiqasi esa ilk marta ona bo‘ladi.
Al Pachinoning sobiq rafiqalaridan uch nafar: aktyorlik sohasi bo‘yicha o‘qituvchi Yan Tarrant bilan turmushidan qizi Juli va aktrisa Beverli D’Anjelodan bilan turmushidan hozirda 22 yoshda bo‘lgan Oliviya va Anton ismli egizaklari bor.
Ma’lumot uchun, Al Pachino 1940-yilning 25-aprelida Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Kino olamidagi debyutini 1969-yilda “Men, Natali” filmidagi ikkinchi darajali rol bilan boshlagan. Muvaffaqiyatli kino karyerasidan tashqari, Al Pachino mashhur teatr aktyori hisoblanadi. U 1969-yil va 1977-yillarda mashhur “Toni” teatr mukofotlari bilan taqdirlangan. Aktyor faoliyati davomida “Cho‘qintirgan ota”, “Amerika farishtalari”, “Guchchi uyi”, “Ikkinchi imkoniyat” filmlari va ko‘plab loyihalarda suratga tushgan.


Tasodifiy xabarlar
"Flesh" filmi o'zbekcha tahlilda,Treyler tahlili (Video)
Galaktika qo'riqchilari 3 filmi suratga olish jarayoni (Video)
"Ozor beruvchilar" Kris Evans ishtirokidagi yangi film treyleri
Ambrella akademiyasi seriali 4 mavsumi, faslidam rasmiy treyler
Minecraft filmi O'zbek tilida haqidagi ma'lumotlar
"Beetlejuise 2" filmining oxirgi rasmiy treyleri