Amerikalik aktyor, rejissor Vin Dizel “Forsaj-11” filmining namoyish etilish sanasini e’lon qildi.
Film kinoteatrlarda 2025-yilning 4-aprel sanasida namoyish etiladi. Aktyor loyihadagi Dominik Toretto obraziga qaytadi, “oilasini” yangi sinovlardan qutqarishga harakat qiladi. Film direktori lavozimini yana Lui Leteryer egallaydi. Dizel avvalroq franshizaning o‘n ikkinchi film bilan yakunlanishini ta’kidlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Forsaj-10” filmi 2023-yilning 19 may sanasidan boshlab butun dunyo kinoteatrlarida namoyish etilmoqda va loyiha shu kungacha 617,5 million dollardan ortiq daromad keltirdi.
Sujetga ko‘ra, Dante beshinchi “Forsaj” filmida o‘ldirilgan narkobaron Ernan Reysning o‘g‘li bo‘lib, u 12 yildan beri qasos olish rejasini o‘ylab yuradi. Filmda Vin Dizel va Jeyson Momoadan tashqari, AQSH akademiya mukofoti sovrindorlari Sharliz Teron, Xelen Mirren va Rita Moreno rol o‘ynagan.


Tasodifiy xabarlar
"Havfli suvlar" yangi hayotiy triller rasmiy treyleri
"Yigit So'zi" seriali haqidagi siz bilgan va bilmagan ma'lumotlar
Yovuz 2: Abadiy filmidan yangi rasmiy treyler taqdim etildi
"Uzuklar hukmdori:Qudrat uzuklari" seriali 2 mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
"Qor jamiyati" filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
Qo'rqinchili filmlar 2024 yildagi qo'rqinchili filmlar treylerlari