Amerikalik aktyor Dueyn Jonson Amazon kompaniyasining premyerasiga oz muddat qolgan “Qizil” filmidagi roli uchun rekord darajada, aniq qilib aytganda 50 million dollar gonorar oldi.
Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Dueynning daromadi kino tarixidagi aktyorlarning bitta loyihadagi roli uchun olgan gonorari orasida rekord o‘rnatdi. “Qizil” loyihasidan oldin uning maksimal gonorari 23,5 million dollarni tashkil qilgan, aktyor “Forsaj: Xobbs va Shou” filmidagi ishtiroki uchun shuncha miqdorda daromad olgan. Dueyn “Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi” filmidagi Temir odam roli uchun 40 million dollar olgan Robert Daunini ortda qoldirdi.
Shuningdek, roli uchun eng ko‘p gonorar olgan aktyorlar beshligidan Jonni Depp (“Karib dengizi qaroqchilari: Noma’lum sohillar”dagi roli uchun 35 million dollar), Uill Smit (“Ozodlik”dagi ishtiroki uchun 35 million dollar) va Kianu Rivz (“Matritsa” filmining ikkita qismidagi roli uchun 30 million dollar) joy olgan.
Dueyn Jonson yaqinda Lyuk Xobbs roliga qaytishi va “Forsaj” franshizasining yangi spin-offida ishtirok etishini ma’lum qildi. Jonson Vin Dizel bilan birga yangi loyihada prodyuser sifatida ham ishlaydi.


Tasodifiy xabarlar
2022 yildagi eng mashxur seriallar va filmlar qaysilar?
"Dyuna 2" filmidan yangi uzoq vaqtlik rasmiy video parcha
Cheburashka filmi haqida siz bilmagan ma'lumotlar
Margot Robbi “Karib dengizi qaroqchilari” filmida suratga tushmaydigan bo'ldi
Bizning so'ngimiz seriali 2 mavsumi, fasli yangi rasmiy treyler
"Jentelmenlar" filmi asosida yaratilgan serialdan ilk rasmiy treyler