Rejissor Greta Gervigning “Barbi” komediyasi ikkinchi dam olish kunlarida 93 million dollar ishlab topdi. Bu Warner Bros. studiyasi tarixidagi eng daromadli dam olish kunlari hisoblanadi.
Kartina AQShda 352 million dollar, jahon prokatida 750 million dollar daromad keltirgan. Uning budjeti 140 million dollarni tashkil etadi.
Eng ko′p daromad keltirgan yangi filmlar ro‘yxatida Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bayopik namoyish etilganidan so‘ng ikkinchi dam olish kunlarida AQShda 46 million dollar ishlab topdi. Universal ushbu filmni ishlab chiqarishga 100 million dollar sarflagan. Kartinaning AQShdagi daromadi 174 million dollar, jahon prokatidagi 400 million dollarni tashkil etmoqda.
“Barbi” filmida bosh rolni Margo Robbi, “Oppengeymer”da esa Kilian Myorfi ijro etgan.


Tasodifiy xabarlar
"Kaskadyorlar" jangari filmidan yangi rasmiy ikkinchi treyler
Godzilla Kongga qarshi: Yangi qirollik filmi rasmiy tizeri
Garri Potter serialidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
Tadqidchilar "Ovchi Kreyven" filmini qanday baholashdi?
Reper 50 cent kriminal serial suratga oladi
Marvellar, Kapiran Marvel 2 filmidan oxirgi rasmiy treyler