“Kalmar oʻyini” rejissori serialning ikkinchi mavsumiga oid tafsilotlarni oshkor qildi. Janubiy koreyalik ijodkor, “Kalmar oʻyini” seriali rejissori Xvan Don Xyok loyihaning ikkinchi mavsumiga oid tafsilotlarni oshkor qildi. Maʼlum boʻlishicha, serialning bosh qahramoni Son Ki Xun ikkinchi mavsumda ekranlarga qaytadi.
Bundan tashqari, serialning ikkinchi qismida asosiy yovuz qahramon rolini ijro etgan Li Ben Xon ham koʻrinish beradi.
Avvalroq Xvan Don Xyok serialning ikkinchi mavsumi 2024-yil oxirlarida taqdim etilishini aytib oʻtgan edi. U loyiha ssenariysi ustida allaqachon ish boshlagan, ammo serialning ikkinchi mavsumida tomoshabinlarni qanday voqealar kutayotganini sir saqlashga qaror qilgan. Lekin "serialning ikkinchi mavsumi ham muhlislarni hayratda qoldiradi" deb aytib o'tgan rejissor o'z sozlarida.


Tasodifiy xabarlar
“Qora pantera-2: Abadiy Vakanda” filmi “Oskar” mukofotiga nomzod
One piece Van Pis bir bo'lak seriali suratga olish jarayoni 2 - qism
Forsaj 11 filmi haqidagi yangi ma'lumotlar
Eng yaxshi Islomiy filmlar haqida ma'lumotlar(Video)
Hafta davomida tomosha qilishimiz mumkin bo'lgan kinopremyeralar
Yangi jangari film "Qora Latos" film treyleri