“Jon Uik” filmining 4-qismi ushbu loyihaning yakuni bo‘lishi mumkin. Chunki aktyor suratga olish ishlari va mashg‘ulotlardan charchaganini ma’lum qilgan. Bu haqda Lifehacker nashri franshizaning prodyuseri Basil Ivanikga tayanib yozmoqda.
Ivanikning aytishicha, Rivz filmning to‘rtinchi qismi yakunida o‘z personajining o‘ldirilishini so‘ragan, shu orqali u bu loyihadagi roldan tanaffus olishi mumkin edi. Biroq bu kino sanoati, Jon Uik obrazi afsonaga aylandi, shuning uchun ular qahramonning o‘limi 90 foiz aniq qilib ko‘rsatilishiga rozi bo‘ldi.
“Ushbu filmlar ustida ishlash juda mashaqqatli bo‘ldi, u Kianuni ham ruhiy, ham jismonan charchatdi. Oxiri u bu rolni ijro eta olmasligini aytdi va biz bunga rozi bo‘ldik. Bu yigit o‘zining qobig‘iga o‘raldi, chunki u har safar loyiha uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qildi.
U: “Bu filmning oxirida meni butunlay o‘ldirishlarini istayman”, — dedi. Biz esa har ehtimolga qarshi kichik bo‘shliq qoldiramiz, deb javob berdik”, — deydi “Jon Uik” filmi prodyuseri Bazil Ivanik.
Ivanik imkon qadar Rivz va Staxelski duetining ekranlarga qaytishini yana kutishi haqida ham gapirib bergan. Ular filmning beshinchi qismi ustida ishlashni istamagan taqdirda ham, jamoa shu paytga qadar erishgan yutuqlaridan xursand bo‘ladi.


Tasodifiy xabarlar
Jeki Chan kino olamidagi o'z ijodini shiddat bilan boshladi
Yigitlar seriali 8 qism rasman chiqdi va serial yakunlandi
Mortal Kombat 2 O'zbek tilida yangi rasmiy treyler
"Uddalab bo'lmas topshiriq 7" filmidan oxirgi rasmiy treyler
Yangi Anakonda filmidan qaynoq rasmiy treyler namoyish qilindi
Omad filmi Kiaunu Rivz ishtirokidagi yangi film rasmiy treyleri