HBO Max Masxaraboz U haqida hikoya qiluvchi "Derriga xush kelibsiz" serialining chiqish sanasini e'lon qildi.
Pennivayzning kelib chiqishi va Derridagi dahshatli voqealarga bag'ishlangan ushbu xorrorning prikveli 26-oktabrdan namoyish etila boshlaydi.
Asosiy rolga yana Bill Skarsgard qaytadi. Serialning asosiy voqealari 1962-yilda Derrida sodir bo'ladi. Ayrim epizodlar esa 1930-yillarda kechadi.

Serialda shuningdek Teylor Peyj, Jovan Adepo, Jeyms Remar, Madelin Stou va boshqa aktyorlar ham suratga tushgan. Birinchi mavsum to'qqizta epizoddan iborat boʻladi. Serial rejissyori sifatida ikkala "Masxaraboz U" toʻliq metrajli filmini suratga olgan Endi Musketti ishlagan.
Quyida serialdan rasmiy treylerni tomosha qilishingiz mumkin.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Venzdey adams rolining birinchi ijrochisi vafot etdi.
UFC yulduzi Konor Makgregor o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi
Monarx: Maxluqlar merosi seriali 2 - mavsumidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
"Hayot mamot o'yinlari: Qushlar va Ilonlar haqida doston" filmidan yangi rasmiy treyler
Skarlett Yoxansson "Marvel" dagi ro'liga endi qaytmaydim?
Begona: Romulus filmi kassa yig'imlari 220 mln dollordan oshdi