"Qirolichaning yurishi" seriali yulduzi turmushga chiqdi (Foto)

“Qirolichaning yurishi” seriali orqali dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan aktrisa Anya Teylor-Joy sevgilisi Malkolm bilan o‘tgan yili turmush qurgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Biroq keyinroq bu juftlikning nikohdan o‘tish marosimi bo‘lgani, ular to‘y marosimini shu yili Venetsiyada o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.

Aktrisa Anya Teylor-Joy va uning turmush o‘rtog‘i Malkolm Makrey Venetsiyada oila qurdi. “Qirolichaning yurishi” serialining yulduzi qadimiy saroyda dabdabali marosim uyushtirdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa to‘yiga kamida 150 nafar mehmonni taklif qilgan, ularning orasida Kara Delevin, Juliya Garner, Nikolas Golt, Maylz Teller va boshqa mashhurlar ham bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Anyaning saroy balkonida to‘yiga tayyorgarlik ko‘rayotgani va oq rangdagi ipak xalatni kiyib, bo‘yanmagan holatda qahva ichgani aks etgan suratlari paydo bo‘ldi. Keyinchalik esa uning qaymoqrang Dior brendi libosida balkonda tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqqa joylandi.

  

Ma’lumot uchun, Teylor-Joy 1996-yilning 16-aprel sanasida AQShning Mayami shtatida tug‘ilgan, uning bolaligi Argentinada o‘tgan. Anya yoshligidaniq ijodiy qobiliyatini namoyish etgan. U hikoyalar yozgan, sahnalarda rol ijro etgan hamda boshqalarning nutqini ifodali o‘qigan. Anya 16 yoshga to‘lganida maktabni tashlab, aktrisa bo‘lishga qaror qilgan.

Aynan o‘sha vaqtda modellik agenti uni payqab qolgan. U kinodagi faoliyati davomida “Jodugar” , “Split” va “Shisha” filmlari va “Qirolichaning yurishi” serialida suratga tushgan.

×