Gollivudning taniqli aktrisasi Skarlet Yoxansson yozuvchi Jon Katsenbax asari asosida suratga olinadigan "Adolat nomi ila" serialida bosh rolda ko‘rinish beradi. Aktrisa mazkur serialda ijrochi prodyuserlardan biri sifatida ham ishtirok etadi.
Bu Yoxanssonning ijodiy faoliyatidagi ilk serial hisoblanadi. Syujetga ko‘ra, gazeta muxbiri Medison Kauart kichik yoshli qizaloqning joniga qasd qilgani uchun qatlga hukm etilgan mahkumning so‘nggi kunlarini yoritadi. U jarayon davomida mahkumning aybsiz ekanligini tushunib qoladi va adolat uchun kurashadi.
Katsenbax asari asosida suratga olingan birinchi film 1995-yilda "Haq ishi" nomi bilan ekranlarga chiqqan. Undagi bosh rolni Shon Konneri ijro etgan. Skarlett Yoxanssonning ilk rollaridan biri ham mana shu filmda bo‘lgan.


Tasodifiy xabarlar
Fuqarolae urushi filmi oxirgi final rasmiy treyleri
Afsonaviy Jeki Chan haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar
"Arvohli saroy" yangi fantastik filmdan rasmiy treyler.
Supermen O'zbek tilida rasmiy treyler 2025
Kino yulduzlari haqida siz eshitmagan 10 ta fakt!
Supermen filmi O'zbek tilida spoylersiz tahlil videosi