"O'yinchoqlar Tarixi 5" - mashhur oʻyinchoqlar haqidagi afsonaviy franshiza qaytmoqda. Filmni yana Pixar Animation Studios ishlab chiqarmoqda. Kartina 2026-yil 19-iyun kuni kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Bu safar voqealar zamonaviy texnologiyalar davrida rivojlanadi. Bolalar oddiy o'yinchoqlardan ko'ra planshet va elektron qurilmalarga ko'proq qiziqayotgani sababli, Woody, Buzz va ularning do'stlari o'z o'rnini saqlab qolish uchun yangi muammolarga duch kelishadi. Filmda yangi, "aqlli" o'yinchoqlar paydo boʻlishi kutilmoqda va ular eski qahramonlarga jiddiy raqobat qiladi.

Asosiy qahramonlarga yana Tom Hanks (Woody) va Tim Allen (Buzz Lightyear) ovoz beradi, shu bois eski muhit va kayfiyat saqlanib qoladi.
Film rejissyori Andrew Stanton bo'lib, u ilgari muvaffaqiyatli animatsion loyihalar ustida ishlagan. Shu sababli muxlislar bu qismdan ham yuqori darajadagi sifat va qiziqarli voqealar kutishmoqda.
Quyida multfilmdan yangi rasmiy treylerni tomosha qilishingiz mumkin.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Nosferatu filmi kutilganidan ham ortiq natijani ko'rsatmoqda
“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumi dekabrda chiqishi ma’lum qilindi (treyler)
"Loki" seriali 2 - mavsumi O'zbek tilida oxirgi rasmiy tizer
Jahon kinosi yulduzi Al Pachinodan yana bir rekord
Yigitlar seriali 4 fasl, mavsumidan yangi rasmiy treyler
"Flesh" filmi premyera sanasi va rasmiy treyler