Britaniyalik olimlar kaloriya sarflashning original usulini o‘ylab topishdi. Bu dietalar yoki sport bilan shug‘ullanishga aloqador emas, albatta. Buning uchun shunchaki divanga o‘tirib, dam olish va film tomosha qilish kifoya.
Daily Mail nashrining yozishicha, film qanchalik qo‘rqinchli va shiddatli bo‘lsa, shuncha yaxshi. Chunki uni tomosha qilishda ko‘proq kaloriya sarfanadi.
Vestminster universiteti mutaxassislari qo‘rqinchli filmlar tomosha qilgan 10 nafar ishtirokchida kaloriya sarflanishining yangicha usulini sinab ko‘rishdi. Kino ko‘rish davomida shifokorlar qancha energiya sarflanganini bilish uchun tomoshabinlarning yurak urishi va nafas olayotgan kislorod miqdorini kuzatdilar.
Maʼlum bo‘lishicha, qo‘rqinchli filmlarni tomosha qilishda ishtirokchilar bo‘sh ekran oldida o‘tirganidan ko‘ra o‘rtacha uchdan bir marta ko‘proq kaloriya sarflagan. Qo‘rqinchli filmni 90 daqiqa tomosha qilishda o‘rtacha 113 kaloriya sarflandi - bu taxminan 30 daqiqalik yurish bilan teng.
Kaloriya sarflanishi bo‘yicha eng yuqori natija Jek Nikolson ishtirokidagi "The Shining" filmini ko‘rish paytida (184 Kkal) qayd etilgan.



Tasodifiy xabarlar
"Kobra Kay" seriali 7 mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
Tayyormisan yoki yo'q 2: Men kelyapman filmidan birinchi rasmiy treyler
Kalmar o'yini reality shousining final treyleri namoyish qilindi
"Garri Potter" filmi aktyorlari hozirgi kunda (Video)
“Oppengeymer” Kristofer Nolanning eng uzoq filmi bo'ladi.
“Qora Adam” filmi yulduzi Dueyn Jonson “Marvel” va “DC” o‘rtasidagi hamkorlikka umid qilmoqda.