Netflix Kventin Tarantinoning mashhur «Bir paytlar... Gollivudda» filmi olamidagi yangi film — «Klliff Butning keyingi sarguzashtlari» filmining rasmiy treylerini taqdim etdi. Film 23-dekabr kuni Netflix’da namoyish etiladi.
Loyihaga rejissyorlikni Devid Fincher amalga oshirgan, Kventin Tarantino esa film ssenariysini yozgan.
Voqealar 1977-yilda, Gollivud butunlay o‘zgarib borayotgan davrda kechadi. Bosh qahramon — Bred Pitt ijrosidagi kaskadyor Kliff But. U murakkab tryuklarni bajarishdan tashqari, turli muammolarni, hatto jinoiy tusdagi masalalarni ham hal qilish qobiliyati bilan tanilgan.

Kliff But mashhur teleaktyor Charli Piters (Skott Kaan)dan taklif oladi. Biroq ko‘p o‘tmay, u o‘zini xavfli voqealar girdobida topadi.
Filmda, shuningdek, Elizabet Debicki, Yahya Abdul-Matin II, Karla Gugino va boshqa aktyorlar suratga tushgan.
Premyera: 23-dekabr — Netflix
IMAX namoyishi: 25-noyabrdan
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Griselda O'zbek tilida rasmit treylerni tomosh qiling
"Uddalab bo'lmas topshiriq 7" filmidan rasmiy treyler
Arra 10 (Saw) filmi o'zbek tilida rasmiy treyler
Fantastik to'rtlik: Birinchi qadamlar filmi ilk rasmiy treyleri
Yigitlar (The Boys) 3 fasl kadr orti jarayoni videosi
"Beetlejuise 2" filmining oxirgi rasmiy treyleri