“Kalmar o‘yini” filmidagi roli uchun “Oltin globus” mukofoti sovrindori bo‘lgan O Yon Su Janubiy Koreyaning Suvon shahri prokuraturasi tomonidan bir ayolga tegajog‘lik qilganlikda ayblanmoqda.
Aniqlanishicha, 79 yoshli aktyor 2022-yilning noyabrida tegajog‘lik qilganlikda ayblangan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, O Yon Su uni quchoqlab, yuzidan o‘pgan, bularning barchasi uning xohishiga qarshi sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining aytishicha, mazkur holat 2017-yilning avgust-sentyabr oylarida bo‘lib o‘tgan. Bu vaqtda O Yon Su ikki oylik safarda edi.
Aktyor bunday ayblov haqiqatdan yiroq ekanligini ta’kidladi va ayolning qo‘lini faqat yo‘l ko‘rsatish uchun ushlaganini ommaga tushuntirdi.
“Bunday yoshga yetganda uyatli ish uchun qamoqqa hukm qilinganimdan o‘zimni juda noqulay his qilaman. Xuddi butun hayotim barbod bo‘layotgandek go‘yo”, — deydi O Yon Su.
Janubiy Koreya prokuraturasi aktyorning bolalar va o‘smirlar muassasalarida ishlashini taqiqlash zarur, deb hisoblaydi. Sud hukmi 15-mart kuni o‘qiladi.


Tasodifiy xabarlar
One Piece Van Pis 2 - mavsumi suratga olish ishlaridan yangi video rolik
“Yaxshi bo‘lish osonmi 4” multfilmi debyut kunlarida 220 mln dollardan ortiq kassa yig'di
"Chumoli odam 3: Kvantmania" filmining yangi treyleri
“Oppog‘oy” 2025 filmi remeyki IMDb va Disney tarixidagi yomon filmmi?
Sehrgar Albus Dambldor raktyor Maykl Gembon vafot etdi
“Uyda yolg‘iz” filmidagi Marvin — Deniel Stern film uchun aktyorlar qancha gonorar olganini oshkor qildi