“Amazon Prime Video” striming servisi “God of War” franshizasi asosida serial suratga oladi. Filmga “Vaqt halqasi” teleseriali bilan kino tomoshabinlariga yaxshi tanish boʻlgan Reyf Jadkins prodyuserlik qilishi kutilmoqda.
Ssenariy ustida Mark Fergus va Xouk Ostbi ish olib boryapti. Serial syujeti, aktyorlar tarkibi va suratga olish ishlari qachon boshlanishi haqida aniq maʼlumotlar berilganicha yoʻq.
Maʼlumot uchun, “God of War” – qadimgi yunon va skandinav mifologiyasiga asoslangan oʻyinlar seriyasi boʻlib, undagi bosh qahramon spartalik jangchi Kratos hisoblanadi. Serialni suratga olish masalasida “Amazon Studios” striming servisi rahbariyati “Sony Picture Television” va “PlayStation Productions” bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Tasodifiy xabarlar
"Disney+" da Oktabr oyida premyera qilinadigan film va seriallar
"28 yildan keyin" qo'rqinchli filmining rasmiy treyleri
Agata seriali Agata: Hamma vaqt seriali qanday suratga olingan?(Video)
Balerina filmi Ballerina Jon Uik oxirgi rasmiy treylerini tomosha qiling
Qum odam seriali 2 - mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
Chuqur va Ichkarida seriallari yulduzi Aras Bulut Iynemli hibsga olindi