Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida “Yagona Cinema” studiyasi tomonidan yaratilgan “Pandemiya. COVID-19” badiiy filmining tizeri taqdim etildi.
Filmda 2020−2021-yillarda butun dunyoga, xususan O‘zbekiston aholisi hayotiga xavf solgan COVID-19 kasalligi va uning mamlakatdagi tibbiyot sohasiga ta’siri haqida hikoyat qilinadi.
Filmda bosh rolni Matyoqub Matchonov ijro etgan. Shuningdek, kartinada Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farhod Abdullayev, Bahodir Musayevlar suratga tushgan.
Hozircha kinokartina premyerasi sanasi ma’lum emas. Lekin tez orada bu haqida ma'lumot berilishi kutilmoqda.


Tasodifiy xabarlar
"Kalmar o'yini" 2 mavsum,fasli uchun rasmiy tizer
Ballerina filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
Disney 100 yillik yubileyi uchun tayyorlangan maxsus film taqdim etildi
WARNER BROS. "Garri Potter" va "Uzuklar hukmdori" franshizalarini qaytaradi
Yovuzlik maskani filmi O'zbek tilida yangi rasmiy treyler
Aktyor Jerar Depardye zo'ravonlikda ayblanmoqda