Amerikaning Walt Disney kinostudiyasi o‘zining 100 yillik yubileyi munosabati bilan Once Upon a Studio deb nom olgan qisqa metrajli filmni tomoshabinlar eʼtiboriga havola qildi. Unda kompaniya tomonidan ishlangan multfilmlardagi 500 dan ortiq qahramon ishtirok etgan. Film ABC telekanali orqali namoyish qilindi.
Film sujetiga ko‘ra 1953-yildan Walt Disney kompaniyasida ish boshlagan amerikalik prodyuser, animator va rassom Barnett “Barni” Mettinson amaliyotchilardan biri bilan suhbatlasha turib, multfilm qahramonlarining “jonlanishi”ni xohlashi haqida aytadi.
Mettinson va hamkasbi Disney ofisini tark etishlari bilan devordagi suratlardan Mikki Maus va pari Din-Din chiqib keladi. Ular birgalikda studiyaning yubileyi munosabati bilan suratga tushish uchun barcha multfilm qahramonlarini yig‘ib chiqishadi.
Multfilmda Ariel, Moana, Elza, Rapunsel, Timon, Gufi, Balu, Vinni-Pux, Donald Dak, Robin Uilyamson tomonidan ovoz berilgan qahramon Jin va boshqalar ko‘rinish bergan.
Filmning eng so‘nggi sahnalaridan birida esa Mikki Maus Uolt Disney portretiga qarab, unga minnatdorchilik bildiradi.
“Disney afsonalari” mukofoti sovrindori Barnett “Barni” Mettinson 2023-yilning 27-fevral sanasida vafot etgan. Shu boisdan ham Trent Korri va Den Abraxam tomonidan suratga olingan Once Upon a Studio filmida animator xotirasiga hurmat bajo keltirilgan.
Qisqa metrajli film ilk marta ABC telekanali orqali efirga uzatildi. U tez orada kinoteatrlarda “Ezgu orzu” multfilmidan avval ham namoyish etila boshlaydi.
Videoni quyida tomosha qilishingiz mumkin.


Tasodifiy xabarlar
"Millerning qizi" Jenna Ortega ishtirokidagi yangi film treyleri
"Oppengeymer" filmi yana bir ajoyib natijaga erishdi
Yigitlar (The Boys) 3 fasl kadr orti jarayoni videosi
"G'alati Narsalar" seriali AQSH uchun juda foydali loyiha bo'ldi
“Super Mario” 2023-yilning eng kassabop filmi deb topildi
"Uddalab bo'lmas topshiriq 7" filmidan yangilik (Video)