“Paramount Pictures” kompaniyasi “Uddalab boʻlmas topshiriq-7” filmining eng xavfli tryuki aks etgan videorolikni taqdim etdi. Unda aktyor Tom Kruz tramplindan motosiklda sakrayotgan holda koʻrinish beradi. Ijodkor ajoyib kadr uchun ushbu tryukni bir necha oʻn marta takrorlagan.
Film mualliflarining aytishlaricha, Norvegiyada joylashgan mazkur tramplin qoʻl mehnati yordamida yasalgan va uni tayyor holatga keltirish uchun bir necha oy vaqt kerak boʻlgan. Jamoa tryukning ekranda ajoyib koʻrishi uchun tramplinning burchaklari, oʻlchami va qoplama ustida ham diqqat bilan ish olib borgan.
Eslatib o'tamiz film premyerasi 2023 yilning iyul oyiga mo'ljallangan.
Quyida esa Tom Kruz ijrosida eng xavfli tryuk vidosini ko'rishingiz mumkin!
Tasodifiy xabarlar
"Tarjimon" yangi jangari film premyera sanasi va treyler
"AGARDA..." animatsion serialining 2 - mavsumi,faslidan ilk rasmiy treyler
"Kungfu panda 4" mutlfilmi O'zbek tilida namoyish qilinadi (Video)
"Shrek 5" multfilmi qachon chiqishi ma'lum bo'ldi
"Yovvoyi robot" animatsion filmidan yangi rasmiy treyler
"So'ngi qirollik" serialini yakunlovchi film treyleri