Taniqli animatsion franshizalaridan biri bo‘lgan “Shrek” animatsion filmining beshinchi qismi 2025-yilda chiqishi mumkin. Bu haqda komediyada quvnoq eshakka ovoz bergan aktyor Eddi Myorfi Collider nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Aktyor eshak obraziga qayta ovoz berishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Bundan tashqari, Myorfining so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon o‘zining ajoyib obrazi uchun bir nechta kulgili iboralarni yozib olgan. Franshizaning beshinchi qismi bo‘yicha ishlar esa bir necha oydan beri davom etmoqda.
Eddi Myorfi Shrek olamidagi yana bir loyiha — so‘zlovchi eshak haqidagi alohida multfilm chiqishini e’lon qildi. Uning fikricha, Dreamworks kompaniyasi mazkur spin-off ustida Shrek-5 chiqqanidan so‘ng ishlay boshlaydi.
“Shrek” komediyasining beshinchi qismi ustida ish boshlaganligi o‘tgan yilning aprel oyida ma’lum bo‘lgan edi. 2023-yil noyabr oyida Universal kompaniyasida amaliyot o‘tayotgan kishi tasodifan o‘zining rezyumesida filmning chiqish sanasini oshkor qildi.
“Shrek” multfilmining yangi qismidagi ishlarning qayta tiklanishi kassalarda qariyb 500 million dollar yig‘gan “Etik kiygan mushuk: So‘nggi istak” multfilmi muvaffaqiyati bilan bog‘liq. 2010-yilda “Shrek-4” premyerasidan so‘ng DreamWorks’ning sof daromadi ikki baravar ko‘payib, 188,9 million dollarga yetdi.
Hozirda franshizaning so‘nggi multfilmi 2010-yilda chiqqan “Shrek bir umrga” filmidir. 2022-yilda “Etik kiygan mushuk” multfilmining davomi bo‘lgan “Etik kiygan mushuk 2: So‘nggi tilak” filmi chiqqan.
Tasodifiy xabarlar
Aktyor Deniel Redkliff “Garri Potter” serialida ishtirok etmaydi
"Kalmar o'yini" 2 mavsum,fasl haqida aktyor nimalar dedi?
"Qora Pantera 2 " Muxlislar fikri qanday?(Video)
Aktrisa Gal Gadotni "Forsaj 10" filmida ko'ramiz
“Uyda yolg‘iz” filmidagi Marvin — Deniel Stern film uchun aktyorlar qancha gonorar olganini oshkor qildi
Kalmar O'yini 2 mavsum fasli O'zbek tilida yangi rasmiy treyler