Filmlarda ashaddiy dushman bo‘lsa-da, real hayotda qadrdon do‘st bo‘lgan aktyorlar

Mazkur aktyorlar filmlarda o‘zaro dushmanlar rolini mohirlik bilan o‘ynasa-da, ammo haqiqiy hayotda ularni havas qilarli do‘stlik rishtalari bog‘laydi.


1) Tom Felton va Rupert Grint

 

Aktyorlar Rupert Grint va Tom Felton Garri Potter olamida qanchalik ashaddiy dushman bo‘lsa, real hayotda shunchalik qadrdon do‘stdir. Drako Malfoy va Ron Uizli rollari ijrochilari ko‘pincha Las-Vegasdagi kechalarda birga ishtirok etishadi. “Maymunlar sayyorasining yuksalishi” premyerasida Grint do‘stini hazil bilan qo‘llab-quvvatlash uchun “Tom Feltonni yaxshi ko‘raman” yozuvli ko‘ylak kiyib kelgan.

Felton Garri Potter filmidagi boshqa do‘stlari bilan ham tez-tez uchrashib turadi. Qizig‘i, u filmdagi qahramoniga yoqmaganlar bilan do‘st — ayniqsa Emma Uotson (Germiona), Metyu Lyuis (Nevill), Jeyms va Oliver Felps (egizak Uizlilar)lar bilan qadrdon.

2) Kris Hemsvort va Tom Hidlston

 

Marvel filmlarida Kris Hemsvort va Tom Hidlston bir-biri bilan kelisholmaydigan aka-uka Loki va Tor rolini o‘ynaydi, lekin aslida aktyorlar ajoyib munosabatlarga ega.

2011-yilda Collider’ga bergan intervyusida Hemsvort ekrandan tashqarida qadrdon do‘stligi tufayli Hiddlston bilan ishlash doim oson ekanini aytadi.

3) Endryu Skott va Benedikt Kamberbetch

 

BBC’ning “Sherlok” serialida Benedikt Kamberbetch maslahatchi detektiv Sherlok Holmsni, Endryu Skott esa unga qarama-qarshi yovuz qahramon Jeyms Moriartini o‘ynaydi. Ular ashaddiy dushmanlar, bir-birisiz chidab bo‘lmas darajada zerikadigan ikkita ajoyib daho.

Sahna ortida esa aktyorlar do‘st — Skott hatto 2015-yilda Kamberbetch va Sofi Hanterning to‘y marosimida ham qatnashgan.

4) Lina Hidi va Piter Dinkleyj

 

“Taxtlar o‘yini”da Sersey Lannister ukasi Tiriondan shunchalik nafratlanadiki, boshqa qahramonga nisbatan bunday nafratni his qilgan odamni topish qiyin bo‘lardi. U Tirionni tug‘uruq paytida vafot etgan onasining o‘limida ayblaydi.

Serialda opa-uka bir-birini o‘ldirishga harakat qilsa-da, aslida aktyorlar Lina Hidi va Piter Dinkleyj yaqin do‘st. Aktrisa loyihaga Piter tufayli kelgan, u prodyuserlarni Sersey roliga Lina ideal nomzod ekanligiga ishontirgan. 

5) Leonardo Di Kaprio va Tom Hardi

 

“Omon qolgan” filmida Leonardo Di Kaprio va Tom Hardining qahramonlari ashaddiy dushman. Darvoqe, aynan Leo “Ibtido” filmida ishtirok etgan Tomni filmda Xyuga xiyonat qilgan Jon rolini o‘ynashga ko‘ndirgan. Hardi odatda boshqa loyihada band bo‘lsa, unga taklif qilingan filmlarning ssenariylarini o‘qimagan ham, ammo Di Kaprioning mazkur taklifini e’tiborsiz qoldira olmagan.


Hckekekt, Kecha, 12:08
Jannat onalar oyog'i ostida filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
Ckdlfnrcld Jgjdgudhdkrkxnfxjfkfjf.fkfjfmiff Ffjfkur Dkfkfi JANAT
Гость otabek, Kecha, 04:20
Jannat onalar oyog'i ostida filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
qachon chqarkan kino 11 chida cqadi diyshgandi cqmadiyu qacon chqadi hama kutvati qoyila endi
tor 5, 13 апреля 2024 23:36
Marvel kino kompaniyasi "Tor 5" filmi ustida ishlamoqdami?
Tor 5
Omad, 13 апреля 2024 00:03
Yangi "Matritsa" filmini tomosha qilamizmi?
Ommad
Жасур, 12 апреля 2024 18:30
Jannat onalar oyog'i ostida filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
качон чикади