Millionlab tomoshabinlarning bolalikdagi sevimli multfilmi “Tom va Jerri” katta ekranlarga qaytmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Warner Bros Pictures Animation studiyasi mazkur multfilmning yangi talqindagi to‘liq metrajli filmini yaratadi. Ssenariy ustida kino va televideniyedagi faoliyati bilan tanilgan Rashida Jons hamda “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan yozuvchilar Maykl Govye va Uill Makkormak ishlamoqda.

Mashhur multfilmning yangi versiyasi mushuk va sichqonning tanishuvidan boshlanadi. Ilk bor MGM tufayli ekranlarga chiqqan Tom va Jerrining sarguzashtlari haqidagi multfilm zamonaviy tarzda tasvirlanadi. Mazkur kompaniya avvalroq o‘zining animatsiya bo‘limi yopilishidan avval 114 ta qisqa metrajli filmni suratga olgan va ular yetti karra “Oskar”ni qo‘lga kiritgan.
Hozircha yangi multfilm syujeti, premyera sanasi sir saqlanmoqda.

Ma’lumot uchun: “Tom va Jerri” — mushuk Tom va sichqon Jerri bosh rollarda bo‘lgan Amerika multseriali. Ushbu multfilmning ilk qismlari boshqa — Puss Gets The Boots nomi bilan efirga berilgan. Birinchi qismlarda qahramonlarning ham ismi boshqacha bo‘lgan. Tom — Jasper, Jerri — Jinks. Ko‘pchilikning bolaligini yodga soluvchi ushbu multserialning “otalari” multiplikator Uilyam Hanna va Jozef Barbera hisoblanadi. Multfilmning boshlanishidagi sherni ko‘pchilik eslasa kerak. U mana shu multserial yaratilgan mashhur Metro Goldwyn Mayer kinostudiyasining “yuzi” sanaladi.

Dastlab multfilm 1940—1958-yillar davomida Metro Goldwyn Mayer studiyasida yaratilgan. Bu davr davomida ishlangan qismlarga Fred Kuimbi prodyuserlik qilgan. Bolaligimizga hamroh bo‘lgan multserial musiqalarini Skott Bredli bastalagan.
Tasodifiy xabarlar
"Super Mario Bros." Animatsion filmi final treyleri
"Pingvin" Betmen filmining spinn-off serialidan rasmiy treyler
"Tayler Reyk 2" filmi premyera sanasi va rasmiy treyler.
"Baxtli Gilmor 2" filmi yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
Eng qo'rqinchili filmlar ujas kinolar Top - 6
"Akvamen 2: Yo'qolgan qirollik" filmidan yangi rasmiy tizer.