"Nosferatu" qo'rqinchli filmi AQShda kutilganidan ham ortiq natijalarni ko'rsatmoqda. Robert Eggersning gotik dahshat janridagi "Nosferatu" filmi "Yangi yil" dam olish kunlarida AQShda 40,8 million dollar daromad qildi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.
Bu yil dahshat janridagi filmlar orasida bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rinda turadi. Birinchi o‘rinda "Begona: Romulus" filmi ($41,5 million) joylashgan. Filmning butun dunyo bo'ylab kassa yig'imlari 65 mln dollardan oshgan. "Nosferatu" filmining umumiy byudjeti esa 50 million dollarni tashkil etadi.

Filmda Lili-Rouz Depp, Bill Skarsgard, Nikolay Xolt kabi taniqli aktyorlar rol ijro etgan. "Nosferatu" — 1922 yilgi "Dahshat simfoniyasi" filmining remeyki bo‘lib, qisman Bram Stokerning "Drakula" romani asosida suratga olingan. Syujet vampir Orlok va Ellen ismli qizning o‘zaro munosabatlari haqida hikoya qiladi.
Afsuski, "Nosferatu" filmi Rossiyada namoyish etilmaydi, sababi Universal tarqatish kompaniyasi mamlakatda o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Tasodifiy xabarlar
Hayvonlar shahri 2 multfilmi yangi rasmiy treyleri
Marvel 5- bosqichini boshlab beradigan filmlar!
Moana multfilmi plagiatmi? Animator Disneyni sudga berdi
"Uzuklar hukmdori" filmini yangi qismlarini ko'ramizmi?
"Chumoli odam 3" filmi haqidagi dastlabki fikrlar qanday?
Avatar: Aang afsonasi O'zbek tilida rasmiy treyler videosi