Arnold Shvarsenegger jiddiy yurak operatsiyasini boshdan kechirdi

Amerikalik aktyor va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger yurak jarrohligi amaliyotini o‘tkazdi. 

Avvalgi operatsiyalardan so‘ng yurak ichki qismida yuzaga kelgan chandiqlar yurak urishining buzilishiga olib keldi. Shu tufayli jarrohlar tomonidan aktyorga yangi kardiostimulyator o‘rnatildi.

  

Aslida Shvarsenegger shaxsiy hayoti va sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni muxlislar bilan baham ko‘rishni istamaydi, biroq aktyor yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan boshqa ko‘plab insonlardan to‘xtovsiz savol va maktublar olgach, ularni qo‘llab-quvvatlash va bemorlarga umid baxsh etish uchun operatsiyasi haqida aytib o‘tishga qaror qildi:

 

“O‘tgan dushanba kuni men qisman mashinaga aylandim: yuragimni operatsiya qilishdi va kardiostimulyator o‘rnatishdi. Aytib o‘tish joizki, sog‘ligim haqida barchaga ma’lumot berish vatanim Avstriyada olgan tarbiyamga zid. U yerda insonlar ichki muammolari haqida oshkora so‘zlashmaydi”.

So‘ng Shvarsenegger muxlislarini xursand qilish uchun operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgani va tez orada oyoqqa turishi haqida aytib o‘tdi:

“Avvalo shuni bilishingizni istardimki, hozirda o‘zimni ancha yaxshi his etyapman”.

Hckekekt, Kecha, 12:08
Jannat onalar oyog'i ostida filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
Ckdlfnrcld Jgjdgudhdkrkxnfxjfkfjf.fkfjfmiff Ffjfkur Dkfkfi JANAT
Гость otabek, Kecha, 04:20
Jannat onalar oyog'i ostida filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
qachon chqarkan kino 11 chida cqadi diyshgandi cqmadiyu qacon chqadi hama kutvati qoyila endi
tor 5, 13 апреля 2024 23:36
Marvel kino kompaniyasi "Tor 5" filmi ustida ishlamoqdami?
Tor 5
Omad, 13 апреля 2024 00:03
Yangi "Matritsa" filmini tomosha qilamizmi?
Ommad
Жасур, 12 апреля 2024 18:30
Jannat onalar oyog'i ostida filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
качон чикади