Amerikaning Illumination va Universal Pictures kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan “Yaxshi bo‘lish osonmi 4” animatsion komediyasi Shimoliy Amerika va xorijiy davlatlarda 3-iyul kuni debyut qilib, dam olish kunlarining o‘zida 229,5 million dollar kassa daromadlariga ega bo‘ldi.
Jami yig‘ilgan mablag‘ning 112,6 million dollari AQSH tomoshabinlariga tegishli, chunki yaqinda Amerika aholisi o‘zining Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan besh kun dam olgan. Boshqa xorijiy davlatlardan kelgan tushum 34 million dollardan 107 million dollarga chiqdi.
“Yaxshi bo‘lish osonmi 4” multfilmining byudjeti 100 million dollarni tashkil etgan bo‘lib, loyiha syujeti Gryu va uning turmush o‘rtog‘i Lyusi, shuningdek, qahramonlar oilasining yangi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Ular makkor va yovuz Maksim hamda uning sevgilisi Valentina bilan to‘qnash keladi.
Film rejissorligiga “Yaxshi bo‘lish osonmi 2”, “Minionlar” kartinalarini suratga olgan Kris Reno qaytdi. Rollarga Stiv Karell, Kristen Uig, Uill Ferrell, Sofiya Vergara va boshqa aktryorlar ovoz berdi.
Animatsion film yurtimiz kinoteatrlarida O'zbek tilida namoyish qilinmoqda.


Tasodifiy xabarlar
Yigitlar (The Boys) 3 fasl kadr orti jarayoni videosi
"Uch mushketyor: Miledy" filmidan rasmiy treyler
2023-yilning mashhur aktyor va aktrisalari kimlar?
Derriga xush kelibsiz seriali 2 va 3 mavsumlarini ham tomosha qilamiz
Nosferatu filmi kutilganidan ham ortiq natijani ko'rsatmoqda
"Beg'ubor" Immaculate yangi psixologik qo'rqinchili film treyleri