Amerikalik aktyor va hip-hop qo‘shiqchi Uill Smit o‘z faoliyatidagi eng yaxshi filmlarni eslar ekan, 20 yil avval ekranlarga chiqqan “Baxt ortidan quvib” dramasi unga ko‘proq yoqqanini aytib o‘tdi.
Kino tanqidchilari tomonidan ijobiy baholangan, 2006-yilda suratga olingan mazkur film San-Fransiskodagi boshpanasiz va yolg‘iz otaning hayoti haqida hikoya qiladi. Film real voqealarga asoslangan bo‘lib, bosh qahramon yirik kompaniyaga ishga kirishga va sekin-asta karyerasini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ladi. Shu bilan birga, filmda Uill farzandiga go‘zal tarbiya berishi ham yoritilgan.
Aktyor bu haqda shunday deydi:
“Fikrimcha, men suratga tushgan eng yaxshi film bu — “Baxt ortidan quvib” dramasi. Keyingi o‘rinda “Qora libosli odamlar” filmi turadi. Loyihada rejissyor, operatorlar va musiqa — barchasi a’lo darajada ishlashdi”.
Uill Smit “Yomon yigitlar”, “Olovuddin” filmlarini turli sarguzashtlarga boy va tomoshabinni zeriktirmaydigan loyihalar deb hisoblaydi. Shuningdek, aktyor “Men afsonaman” va “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oskar”ga sazovor bo‘lgan “Qirol Richard” biografik dramasini karyerasidagi eng sara filmlar qatoriga qo‘shdi.
Smit dastlab ba’zi loyihalarda ishtirok etishni istamagan, ammo filmlarning kelajakda qanday muvaffaqiyatga erishishi haqida yaxshi tasavvurga ega menejeri va biznes sherigi har safar uni ko‘ndirgan.
Uill Smit hozirda “Oxirigacha yomon yigitlar” filmi ustida ish olib bormoqda. Loyiha tugagach, aktyor “Men afsonaman” filmining davomi bilan shug‘ullanadi.
“Mazkur filmni shundayligicha qoldirmoqchi edim, loyiha davomi bo‘yicha ajoyib g‘oya bilan tanishib chiqqach, “ Men afsonaman”ning davomida suratga tushishga qaror qildim”, — deydi aktyor.




Tasodifiy xabarlar
"Begona: Romulus" filmining oxirgi rasmiy treyler videosini tomosha qiling
“Kalmar o‘yini” seriali yulduzi Li Byon Xon ishtirokidagi yangi film treyleri
Yangi "Rejim" mini serialidan ilk rasmiy treyler taqdim etildi
Venom 3: So'ngi raqs filmidan oxirgi rasmiy treyler
Aktyor Deniel Redkliff “Garri Potter” serialida ishtirok etmaydi
Ajdarho uyi seriali 2 - mavsumi faslidan ilk rasmiy tizer (Video)