"Mikki 17" filmi haqidagi ilk sharhlar allaqachon internetda paydo bo‘ldi va g‘arb jurnalistlari bu filmni iliq kutib olishmoqda.
Qisqacha aytganda, tomoshabinlarni kulgili, hayajonli va ba’zan yurakni larzaga soluvchi manzara kutmoqda. Aytishlaricha, bu rejissyor Pon Jun-xoning eng ulkan loyihasi bo‘lib, u o‘zining avvalgi filmlari — Okcha va Qorbo‘ron (Snowpiercer) asarlarining elementlarini o‘zida mujassam etgan, ammo bu safar voqealar cheksiz koinotda sodir bo‘ladi.

Robert Pattinsonning yorqin aktyorlik mahorati tomoshabinlarni ilk kadrlardanoq o‘ziga jalb qiladi, Mark Ruffalo esa ayyor siyosatchi rolida filmning haqiqiy bezagiga aylanadi. Umuman olganda, sharhlar juda ijobiy, ammo to‘liq tahlillarni kutish lozim.
Eslatib o'tamiz "Mikki 17” filmi 7-martdan boshlab kinoteatrlarda namoyish etiladi. Quyida esa filmning oxirgi treylerini tomosha qilishingiz mumkin.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"Netflix" 2022- yil sarhisobini taqdim etdi!
Naklz Sonik 3 asosiy yovuzi Knuckles seriali tahlili O'zbek tilida
"Chegarasiz 4" filmidan ilk rasmiy treyler (Video)
Kapitan Amerika 4 O'zbek tilida Kapitan Amerika: Jasur yangi dunyo filmi treyleri
“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumi dekabrda chiqishi ma’lum qilindi (treyler)
"Transformerlar 7" filmidan ikkinchi rasmiy treyler