“O‘rgimchak odam” filmi yulduzi Tom Holland Gollivud kino sanoatiga nisbatan qo‘rquvi borligi va uni yoqtirmasligi haqida gapirib berdi.
“Men kino ishlab chiqarishning ashaddiy muxlisiman, biroq Gollivudni yoqtirmayman. U men uchun emas. Biznes meni qo‘rqitadi. Bu biznesning bir qismi ekanligimni tushunaman va menga Gollivud bilan hamkorlik qilish yoqadi, biroq shunga qaramay, iloji boricha oddiy hayot kechirish uchun doim undan uzoqlashish yo‘llarini qidiraman”, — deydi aktyor On Purpose podkastiga bergan intervyusida.
Shuningdek, Tom Holland Gollivuddagi bir qancha do‘stlarini yo‘qotgani haqida so‘zlab bergan. U o‘zini baxtli qiladigan narsalarga, xususan: oila, do‘stlar, xayriya ishlari, duradgorlik va golfga e’tibor qaratishga harakat qilishini ta’kidlagan.
Iyun oyida aktyor ishtirokidagi “Olomon xona” seriali ekranlarga chiqdi. Sony va Marvel Tom Holland bilan birga “O‘rgimchak odam-4” filmini tomoshabinlarga taqdim etishni rejalashtirmoqda.


Tasodifiy xabarlar
"Yashirin bosqin" seriali yangi qismlari tahlili (Video)
"Persy Jekson va Olimpiadachilar" O'zbek tilida rasmiy treyler
“Bola va qarqara” filmi AQSh prokatida birinchi o‘rinni egallagan tarixdagi ilk anime bo‘ldi
"Lutsifer" serialidan o'xshamagan va kulguli vaziyatlar!
"Marvel" va "DC" kino olamidagi 5 eng kuchli qurollar.
"Galaktika qo'riqchilari 3" filmidan yangi tizer (Video)