Aktyor Jerar Depardye zo'ravonlikda ayblanmoqda

Fransiyalik aktyor Jerar Depardye 13 nafar ayol tomonidan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, aktyorning suratga olish maydonchalarida yosh aktrisalar, pardoz ustalari va texnik xodimlarga tegajog‘lik qilishi holatlari tez-tez kuzatilib turadi.

  

Ayollarning ayrimlari aktyor bilan bo‘lgan voqealarni hikoya qila turib, o‘z ism-shariflarini ochiqlashga qaror qilgan bo‘lsalar, ayrimlari shaxsiy ma’lumotlarining sir bo‘lib qolishini istashgan. Ular so‘zlab bergan voqealar 2004-2022-yillar oralig‘ida, aksariyati suratga olish maydonchalarida, jumladan, “Netflix”ning “Marsel” seriali va yozuvchi Aleksandr Dyuma hayoti haqida hikoya qiluvchi “Boshqa Dyuma” loyihasini suratga olish vaqtida sodir bo‘lgan.

  

74 yoshli aktyorning advokati uning mijozi “barcha ayblovlarni rasman rad etishi”ni ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, bundan avvalroq kanadalik aktrisa Sharlotta Arnold ham Depardyeni jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan edi. Ayol 2018-yilda aktyor uni Parijdagi uyida zo‘rlagani haqida ma’lum qilgan.  

...
...

Қарибам қуйилмабдида