Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprioning “Titanik” filmidagi kostyumi auksion orqali sotilmoqda, deb xabar berdi People Talk.
Lot uchun kutilayotgan summa 100 ming dollardan 200 ming dollargacha.
Jek “Titanik”da kiygan oq ko‘ylak, qora jilet va baxmal shimga aktyorning ism-sharifi yozilgan yorliq hamda syomka sanasi (1996-yilning avgusti) tushirilgan.
Yaqinda MindRiot Entertainment kinokompaniyasi “Titan” batiskafi falokati haqidagi filmni suratga olishi haqida xabar berildi. Ushbu film “Titanik” sujetini eslatadi. Bu haqda rejissor Jeyms Kemeron ham aytib o‘tgan.
Bu Leonardo Di Kaprioning auksionga qo‘yilgan birinchi buyumi emas. Bundan avval aktyor “Uoll-strit bo‘risi” filmida haydagan mashinasi ham auksionga qo‘yilgan.


Tasodifiy xabarlar
Minecraft filmi O'zbekcha treyler tahlili
Aktyor Dueyn Jonson kino olamida rekord o'rnatdi
Anime muhlislari uchun "Qotil Jin" 3 fasli haqida va Treyler!
"O'yinchoqlar tarixi 5" multfilmidan birinchi rasmiy tizer namoyish etildi
Eng yaxshi ko'rish uchun Animelar Top - 10 (Video)
Ramazonda Qur’onni boshidan oxirigacha o‘qib chiqdim – Uill Smit