"Forsaj 11" Dueyn Jonson qaytadi, Dominik Toretto esa filmda ro'l ijro etmaydi

Amerikalik aktyor Dueyn Jonson “Forsaj” filmining yangi qismida partnyori Vin Dizelsiz suratga tushadi. Aktyor Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida sobiq agent Lyuk Xobbs (franshizaning bosh qahramonlaridan biri) roliga qaytishini ma’lum qildi.

Dueyn bu haqda gapirgan videosini sahifasiga joyladi va keyingi qism Xobbs haqidagi film bo‘lishini ta’kidladi.

  

O‘tgan yozda Vin Dizel va men barcha kelishmovchiliklarni orqaga tashladik va biz har doim franshiza, qahramonlar va bizni sevadigan muxlislar haqida qayg‘uramiz”, — deydi aktyor.

Universal Pictures hali aniq nomlanmagan filmning suratga olinishini e’lon qildi. Ssenariy “Forsaj” filmining uzoq yillik muallifi Kris Morgan tomonidan yoziladi. Sujet tafsilotlari hali oshkor etilmagan, biroq tafsilotlar bilan tanish bo‘lgan manbalarda yangi film yaqinda chiqqan so‘nggi “Forsaj-10” filmidagi voqealar va 2025-yilda chiqariladigan Fast X: Part 2 kartinasining ikkinchi qismi bilan bog‘lovchi bo‘lib xizmat qilishi aytilmoqda.

  

Jonson loyihani Vin Dizel bilan birgalikda ishlab chiqaradi, biroq uning ishtiroki shu bilan cheklanadi. Qayd etilishicha, uning qahramoni Dominik Toretto filmda suratga tushmaydi, biroq avvalgi qismlardagi boshqa personajlar loyihaga qaytadi.

Vin Dizel va Dueyn Jonson o‘rtasidagi “Forsaj-8” filmini suratga olish paytida yuzaga kelgan mojaro juda jiddiy tus oldi va Dueyn Jonson Dizelni manipulyator deb atagan holda loyihaga qaytish imkoniyatini qat’iyan rad etdi. Hamkasblarning qanday qilib yarashgani esa noma’lum bo‘lib qolmoqda.  

 

Forsaj-10” filmi 2023-yilning 19-may sanasidan boshlab butun dunyo kinoteatrlarida namoyish etilmoqda va loyiha shu kungacha 522 million dollardan ortiq daromad keltirdi. Uzoq davom etgan franshiza ilk bor 2001-yilda namoyish etilgan. Loyiha ko‘chadagi poygachilar va ularning do‘stligi haqidagi film sifatida boshlangan, biroq keyinchalik sujetga tanklarni yo‘q qilish, samolyotlarni o‘g‘irlash va osmono‘par binolardan mashinada sakrash aks etgan sahnalar qo‘shilgan.  

Forsaj-10” filmida Jeyson Momoa (“Taxtlar o‘yini”, “Akvamen” loyihalarida suratga tushgan) antagonist Dante rolini o‘ynagan. Sujetga ko‘ra, Dante beshinchi “Forsaj” filmida o‘ldirilgan narkobaron Ernan Reysning o‘g‘li bo‘lib, u 12 yildan beri qasos olish rejasini o‘ylab yuradi. Filmda Vin Dizel va Jeyson Momoadan tashqari, AQSH Akademiya mukofoti sovrindorlari Sharliz Teron, Xelen Mirren va Rita Moreno rol o‘ynagan.

Теглар:
×