“Amazon Prime Video” striming servisi “God of War” franshizasi asosida serial suratga oladi. Filmga “Vaqt halqasi” teleseriali bilan kino tomoshabinlariga yaxshi tanish boʻlgan Reyf Jadkins prodyuserlik qilishi kutilmoqda.
Ssenariy ustida Mark Fergus va Xouk Ostbi ish olib boryapti. Serial syujeti, aktyorlar tarkibi va suratga olish ishlari qachon boshlanishi haqida aniq maʼlumotlar berilganicha yoʻq.
Maʼlumot uchun, “God of War” – qadimgi yunon va skandinav mifologiyasiga asoslangan oʻyinlar seriyasi boʻlib, undagi bosh qahramon spartalik jangchi Kratos hisoblanadi. Serialni suratga olish masalasida “Amazon Studios” striming servisi rahbariyati “Sony Picture Television” va “PlayStation Productions” bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Tasodifiy xabarlar
Kaskadyor filmi O'zbek tilida yangi rasmiy treylerni tomosha
Bosqin (Invasion) seriali yangi mavsumi rasmiy treyleri
One piece Van Pis bir bo'lak seriali suratga olish jarayoni 2 - qism
Derriga xush kelibsiz seriali yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
"Dedpul 3" O'zbek tilida rasmiy treylerni tomosha qiling
"Ichkarida" seriali yulduzlari hozir necha yoshda?(Video)