AQSHning San Diyego shahrida Comic-Con 2024 festivali doirasida Marvel olamining yangi filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Europa plus nashri xabar berdi.

Festival tashrif buyuruvchilarini katta syurpriz kutayotgan edi. Marvel Studios prezidenti Kevin Faygi “Qasoskorlar” filminining keyingi qismini suratga olish uchun aka-uka rejissyorlar Entoni va Jo Russo Marvel olamiga qaytishlarini e’lon qildi. Shuningdek, rejissyorlar yaqinlashib kelayotgan dilogiyaning asosiy yovuz qahramoni — Doktor Dum obrazini taqdim etdi. Mazkur qahramon kostyumini kiygan holda sahnada turgan shaxslardan biri niqobini yechganda, uning ostida Kichik Robert Dauni ekani muxlislarni hayratga soldi.

“Yangi niqob bu — eski vazifa. Men sizga murakkab qahramonlarni o‘ynashni yaxshi ko‘raman, degandim-ku”, deya nutqini boshladi Robert Dauni.
Aktyorning super qahramonlar haqidagi franshizaga qaytishi haqidagi xabarni ko‘plab kino ixlosmandlari ijobiy tarzda kutib oldi. “Qasoskorlar: qiyomat kuni” va “Qasoskorlar: yashirin urushlar” nomli yangi filmlarda aktyor dahshatli Doktor Dum rolini ijro etadi.
Ammo Robert Daunining franshizaga qaytishi Marvel Studios kompaniyasiga juda qimmatga tushdi. Studiya rejissyorlarga 80 million dollar to‘laydi. Robertning gonorari esa ularnikidan “sezilarli darajada yuqori“ bo‘ladi, deyiladi xorijiy manbalarda. Bu ko‘rsatkich Marvel uchun yangi rekorddir.
Kichik Robert Daunini yangi qiyofada ko‘rish 2026-yilda nasib etadi. “Qasoskorlar” beshinchi qismining premyera sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.
Tasodifiy xabarlar
WARNER BROS. "Garri Potter" va "Uzuklar hukmdori" franshizalarini qaytaradi
Frankenshteyn 2025 filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling
“Taxtlar o‘yini” filmidagi mashhur temir taxt auksionda sotildi
Supermen filmi O'zbek tilida spoylersiz tahlil videosi
"Yaratuvchi" filmining oxirgi final treylerini tomosha qiling
Teskari hisob yangi serial rasmiy treylerini tomosha qiling