Gollivud yulduzi Bred Pitt nafaqaga chiqishga qaror qildi. U oʻziga tegishli boʻlgan “Plan B Entertainment” prodyuserlik kompaniyasining nazorat paketini sotib yuborgan.
Gʻarb nashrlarining xabar berishicha, aktyor Amerikadan Fransiyaga koʻchib oʻtmoqchi. Kinoaktyor bu yerda bor vaqtini oʻzi uchun sarf etib, “sevimli uzumzorlari, sanʼat va uy jihozlari tayyorlash bilan band boʻlmoqchi”.
Aktyorning oʻzi kinodan ketishi haqida rasman maʼlumot berganicha yoʻq.
Ijodkorning muxlislari uning kelgusida Fransiyadagi “Château Miraval” saroyida yashashini taxmin qilmoqdalar. Ushbu saroy Bred Pitt va Anjelina Joli oʻrtasidagi sud jarayonida tortishuvni yuzaga keltirgan asosiy masalalardan biri boʻlgan. Sobiq juftlik ushbu saroyni birgalikda xarid qilishgan, biroq Anjelina ajrimdan keyin oʻz ulushini sotib yuborgan. Bu esa Bred Pittning eʼtiroziga sabab boʻlgan.
Tasodifiy xabarlar
"Gattaka" filmining davomi suratga olinadi
Kungfu panda 4 multfilmidan yangi rasmiy tizer-treyler
"Marvellar" filmidan ilk rasmiy treyler (Video)
"Bizning so'ngimiz" seriali 6 qism uchun rasmiy tizer
Marvel aktyorlari qanday qahramon bo'lishadi?
Gollivud aktyori Kris Hemsvort Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi