Kino olamining eng sevimli animatsion franshizalaridan biri — “O‘yinchoqlar tarixi” 2026-yilda o‘zining beshinchi qismi bilan tomoshabinlarga qaytadi. Pixar va Disney studiyalari navbatdagi film orqali zamonaviy bolalar bilan bog‘liq muammolarni yoritishga va’da bermoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, besh yillik tanaffusdan so‘ng “O‘yinchoqlar tarixi 5” multfilmi 2026-yil 19-iyun kuni ekranlarga chiqadi. Ushbu yangilikni 2023-yil fevral oyida Disney kompaniyasining bosh direktori Bob Ayger tasdiqlagan.
Bazz Layter qahramoniga ovoz bergan aktyor Tim Allen WIVB telekanaliga bergan intervyusida “O‘yinchoqlar tarixi 5”ning ba’zi tafsilotlarini oshkor qildi.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, multfilm Bazz ishtirokidagi aql bovar qilmas sahna bilan boshlanadi. Syujet rivoji esa kovboy qiz Jessi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Jessiga ovoz bergan aktrisa — Joan Kyusak so‘zlariga ko‘ra, multfilm voqealari asosan kovboy qiz bilan bog‘liq.
Filmning asosiy g‘oyasi texnologiyalar va zamonaviy bolalik o‘rtasidagi ziddiyatga urg‘u berishdir. Endilikda bolalar ko‘proq gadjetlarga berilib ketgani sababli, o‘yinchoqlar o‘zlarini unutilganday his qiladi va ular yana o‘z egalarining e’tiborini qayta qozonishga harakat qilishadi.
Franshizaning avvalgi qismlari rejissyori va ssenariy muallifi, “Nemoni izlab” multfilmi uchun “Oskar” mukofotini olgan Endryu Stenton navbatdagi filmga ham rejissyorlik qiladi.
Tasodifiy xabarlar
"Bizning so'ngimiz" seriali 8 qism rasmiy tizeri
Yulduzlar jangi: Kichik ekipaj serialidan yangi rasmiy treyler
"Marvel" o'tkan 4 - faza haqidagi to'liq ma'lumotlar.
Zorro haqidagi yangi filmni tomosha qilamiz
"Top Gan: Meverik" Oskar 2023 ga nomzod bo'ladi
Avatar 3 filmi haqida rejissor Jeyms Kameron nimalarni ma'lum qildi