26-dekabr kuni Netflix striming tizimida “Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Yetti qismdan iborat koreys dramasini ingliz tilidan tashqari rus, koreys va boshqa xorijiy tillardagi subtitrlar bilan tomosha qilish mumkin. Serialni O'zbek tilida barcha qismlarini esa Uzmovi.tv saytida tomosha qilishingiz mumkin.
Yangi mavsumda avvalgi o‘yin g‘olibi bo‘lgan Son Ki Xun qonli sinovlarga chek qo‘yish maqsadida xavfli musobaqaga qaytib boradi. 456-raqamli ishtirokchi rolini xuddi birinchi mavsumdagidek Janubiy koreyalik aktyor Li Jong Je ijro etgan.

“Kalmar o‘yini 2” bo‘yicha Rotten Tomatoes reytingi hozircha yo‘q, professional kino tanqidchilar allaqachon o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. The Hollywood Reporter jurnalistlarining ta’kidlashicha, ikkinchi mavsum birinchisidan zerikarliroq chiqqan va final voqealar 2025-yilga mo‘ljallangan uchinchi mavsum uchun muqaddimadek tuyulgan. Variety va The Verge nashrlari esa serialning davomini yuqori baholadi.
2021-yil sentyabr oyida chiqqan “Kalmar o‘yini”ning birinchi fasli Netflix’ning eng mashhur loyihalaridan biri bo‘ldi va birinchi 28 kunida 1,6 milliard soatdan ortiq tomosha qilindi. Loyiha ijodkorlari bir qator mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Kalmar o‘yini”da katta pul mukofoti va’da qilingan o‘yinda omon qolish uchun shafqatsiz sinovlarda qatnashishga majbur bo‘lgan va qarzga botgan bir guruh odamlar haqida hikoya qiladi. Serial ishtirokchilari bolalar o‘yini asosida tuzilgan bir nechta halokatli o‘yinlarda ishtirok etadi. Har bir mag‘lubiyat o‘limni anglatadi.
Tasodifiy xabarlar
Jenna Ortega dastlab "Wednesday" ro'lini rad etganmi?
"Pathaan" filmi natijalarni yondirib tashlamoqda.
Arnold Shvarsenegger jiddiy yurak operatsiyasini boshdan kechirdi
"Lift" filmi O'zbek tilida rasmiy treyler Netflixdan yangi film
Ilon Mask haqida film suratga olinmoqda
Tom va Jerri multfilimining Osiyo variyantini tomosha qilamiz