Stiven Kingning “Billi Sammers” romanining avval e’lon qilingan teleseriali endi to‘liq metrajli film shaklida havola etilishi mumkin. Film Bad Robot studiyasi rahbari J.Abrams va Appian Way asoschisi Leonardo Di Kaprio tomonidan ishlab chiqariladi . Shuningdek, ular rejissyor va bosh aktyor vazifalarini ham o‘z zimmalariga olishlari mumkin.
Agar Abrams rejissyorlikka rozi bo‘lsa, bu uning “Yulduzli urushlar-9” filmidan keyingi birinchi filmi bo‘ladi , Leonardo Di Kaprio esa hozirda Martin Skorseze, “Gul oy qotillari” bilan navbatdagi hamkorligini intiqlik bilan kutmoqda .
"Billi Sammers” romani syujeti nafaqaga chiqmoqchi bo‘lgan va o‘z kelajagini ta’minlash uchun oxirgi marta daromadli ishga kirishgan yollanma qotil Billi Sammers atrofida bo‘ladi.
Tasodifiy xabarlar
"Ajal o'yini" seriali 2 mavsumi, fasli kadr orti (Video)
"Kungfu panda 4" mutlfilmi O'zbek tilida namoyish qilinadi (Video)
Hyu Jekman "Dedpul 3" filmi haqida yangilik aytdi
2024- yilda premyerasi kutilayotgan top Multfilmlar (Video)
Eng qo'rqinchili filmlar ujas kinolar Top - 6
"Barbi" filmi natijalarni yondirib tashlamoqdami?