21-iyul, juma kuni premyerasi bo’lib o’tgan “Barbi” filmi dam olish kunlari AQShda rekord darajada 155 million dollar yig’di. Bu haqda Warner Bros kinostudiyasining ichki taqsimot bo’yicha prezidenti Jeff Goldstein ma'lum qildi.
"Birinchi dam olish kunlarida biz 75 million dollar olamiz deb o'ylagandik. Hech kim 155 million dollarni kutmagandi", dedi Goldstein.
Shunday qilib, “Barbi” filmi "The Super Mario Bros" filmini ortda qoldirib, yilning eng yuqori daromad keltirgan debyutiga aylandi. Ushbu kinokartina aprel oyining dam olish kunlarida 146,4 million dollar daromad yig’gan edi.
Rejissyor Greta Gervig tomonidan suratga olingan “Barbi” filmi 21- iyul kuni butun dunyo kinoteatrlarida namoyish etildi. Filmda bosh rollarni Margot Robbi, Rayan Gosling, Helen Mirren va Dua Lipa ijro etgan.
Film syujetiga ko’ra, bosh qahramon o’zining nomukammalligi va go’zallik qonunlariga mos kelmasligi tufayli Barbilenddan haydab chiqariladi, shundan so’ng Barbi oddiy odamlar olamida yashashni o’rganishi kerak bo’ladi.


Tasodifiy xabarlar
Taxtlar oʻyini” prikvelini suratga olish ishlari toʻxtadi
The roundup: Punishment filmi Natija: Jazo filmidan rasmiy treyler
Jenna Ortega "Wednesday" seriali sababli "Qichqiriq" filmidan dan voz kechdimi?
Demi Mur 45 yillik faoliyati davomida ilk marta nufuzli mukofot — “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi
Sizning mehribon qo'shningiz O'rgimchak odam animatsion serialidan ilk rasmiy treyler
Aktyor Robert Pattinson ilk bor ota bo‘lishini ma'lum qildi