Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio “Kalmar o‘yini” teleshousining uchinchi faslini suratga olish uchun taklif qilinishi mumkin”, - deydi rejissyor Xvan Dong Xyuk Seulda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Netflix “Emmi” mukofotini nishonlash uchun Seulda matbuot anjumani o‘tkazdi. Tadbir davomida rejissyordan bironta mashhur Gollivud aktyori ikkinchi mavsumda rol o‘ynashi mumkinmi, degan savol berildi.
“2-mavsumda birorta mashhur Gollivud aktyori ishtirok etmaydi. Bu rejada yo‘q, lekin sahna o‘zgarsa, ehtimol uchinchi mavsumda Leonardo Di Kaprio taklif qilinishi mumkin. Di Kaprio “Kalmar o‘yini”ning ashaddiy muxlisi, shuning uchun vaqt yoki imkoniyat bo‘lsa, biz uni o‘yinlarga qo‘shilishini so‘rashimiz mumkin”.
Xvang ikkinchi mavsum uchun suratga olish ishlari 2023-yilda boshlanishini, 2024-yilda chiqishini tasdiqladi.


Tasodifiy xabarlar
Aktyor Richard Gir pnevmaniya kasaliga chalindi
"Dahshatli uy" seriali 3 fasli mavsumidan yangi rasmiy tizer-treyler
“Garri Potter”ning 25 yillik yubileyi munosabati bilan Xogvarts tasviri tushirilgan tanga muomalaga chiqarildi
The roundup: Punishment filmi Natija: Jazo filmidan rasmiy treyler
Jodugar seriali 4 - mavsumi yangi rasmiy treyleri
"Qora Pantera 3" filmi suratga olinadimi?