"Andor" serialining ikkinchi mavsumi 2025-yil 22-aprelda Disney+ platformasida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu mavsumda Cassian Andor (Diego Luna ijrosida) va Qo'zg'olonchilar Ittifoqining Imperiyaga qarshi kurashi davom etadi. Yangi treylerda kuchli jang sahnalari, TIE-fayterlar bilan quvishlar va O'lim Yulduzining qisqa ko'rinishi namoyish etilgan. Shuningdek, Stellan Skarsgård, Genevieve O'Reilly, Forest Whitaker, Adria Arjona, Kyle Soller va Denise Gough kabi aktyorlar o'z rollariga qaytishadi, Ben Mendelsohn va Alan Tudyk esa "Rogue One" filmidagi Orson Krennic va K-2SO rollarini takrorlaydilar.
Ikkinchi mavsum 12 qismdan iborat bo'lib, 22-aprel kuni uchta qism premyerasi bilan boshlanadi. Keyingi to'rt hafta davomida har haftada uchta qismdan chiqariladi.
Serialning birinchi mavsumi tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan bo'lib, ikkinchi mavsum ham shu muvaffaqiyatni davom ettirishi kutilmoqda.
Quyida esa serialning yangi 2 - mavsumidan rasmit treylerni tomosha qilishingiz mumkin.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Mumiyo filmi yangi rasmiy treyleri namoyish qilindi
"Gul oyining qotillari" filmidan yangi rasmiy treyler
O'tkir viqorlilar: O'lmas odam Shelbilar oilasi filmi yangi rasmiy treyleri
"Biz barchamiz o'likmiz" seriali kadr orti jarayoni(Video)
Derriga xush kelibsiz seriali 2 va 3 mavsumlarini ham tomosha qilamiz
“Qora pantera-2: Abadiy Vakanda” filmi “Oskar” mukofotiga nomzod