Xonanda Rianna “Oskar” mukofotining 95 yillik yubiley marosimida ishtirok etishi tasdiqlangan birinchi mashhur xonanda bo‘ldi. U marosimda “Oskar” mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan “Qora panterra” filmi uchun kuylagan Lift me up taronasini ijro etadi.
Marosim 12-martdan 13-martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Komediyachi Jimm Kimmel marosimga boshlovchilik qiladi. Boshqa da’vogarlar orasida Hold my hand (“Top Gan: Meverik” kinokartinasi uchun kuylangan), Naatu Naatu (“RRR: Inqilob yaqinlashmoqda” filmida ijro etilgan) va This is a life (“Hamma narsa hamma joyda, bir vaqtning o‘zida” kinokartinasi saundtreki) taronalari ham bor. Marosimda qatnashadigan boshqa xonandalarning ismlari keyinroq e’lon qilinadi.
Rianna fevral oyining boshida AQSH Superkubogida chiqish qildi. Xonandaning chiqishi Keti Perrining shousidan keyin tarixdagi eng ko‘p tomosha qilingan ikkinchi shouga aylandi.
Tasodifiy xabarlar
"Loki" seriali 2 - mavsumi o'rtasidi yana bir qaynoq treylerni tomosha qiling.
"Garovdagilar" yangi jangari filmdan rasmiy treyler
"Qog'oz bino" serialining rasmiy o'yinidan birinchi treyler
"Arkeyn" — tarixdagi eng qimmat animatsion serialga aylandi
Time jurnali “Barbi” filmining rejissyori Greta Gervigni “Yil ayoli” deb e’lon qildi
Barak Obamaning 2022 yildagi sevimli filmlari!