Time jurnali rejissyor Greta Gervig va boshqa ijtimoiy faol ayollarga “Yil ayoli” unvonini berdi. Bu haqda jurnal saytida xabar berilmoqda.
“Yil ayoli” ro‘yxatiga jamiyatda tenglik yaratishga o‘z hissasini qo‘shgan 12 nafar yetakchi ayollar kiritildi. Ular orasida tennischi Kori Gauff, Chanel kompaniyasi direktori Lina Nair, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Klaudiya Goldin, iroqlik huquq himoyachisi Nadiya Murad va boshqalar bor.
Time jurnalida qayd etilishicha, Greta Gervig yutuqlari orasida ilk marta yaratgan filmlarining barchasi “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi film” nomzodligiga chiqqan birinchi ayol rejissyor bo‘lganidir. “Ledi Byord”, “Kichik xonimlar”, “Barbi” filmlari shular jumlasidan.
E’tiborli jihati shundaki, “Barbi” filmi “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominatsiyasiga qo‘yilmadi, ammo boshqa qator nomzodliklarni qo‘lga kiritdi. Bundan Gervig ranjimaganini bildirdi.
“Albatta, men “Barbi” filmida bosh rolni ijro etgan Margo Robbiga “Eng yaxshi rol” mukofotini berilishini istardim, shunday bo‘lsa-da, “Oskar” sovrini taqdirlash marosimida uchrashishimizdan shunchaki xursandman”, — dedi rejissyor.


Tasodifiy xabarlar
Kuzgi yangi seriallar O'zbek tilida (Video)
Doktor Strenj 3 filmi qachon chiqishi ma'lum bo'ldi
M3GAN MEGAN filmi o'zbekcha to'liq tahlili
"Yashirin bosqin" seriali 5 qismi o'zbekcha tahlili
Derriga xush kelibsiz seriali yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
“Chuqur” seriali mashhur turk seriali haqidagi film suratga olinadimi?