"Hammasi Hamma Joyda va Birdaniga" filmi ajoyib natijalarni o'rnatmoqda

IGN kompaniyasi ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yilgi “Hamasi hamma joyda va Birdaniga” superxiti allaqachon 158 ta mukofotga sazovor bo‘ldi. Shunday qilib, u tarixdagi eng nomdor filmlarni ortda qoldirishga erishdi. Ushbu kartina hatto 11 ta yo‘nalishda “Oskar” mukofoti uchun g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda.

“Oltin globus”, SAG, “Indie Spirits” va boshqa shu kabi nufuzli yirik tanqidchi tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan mukofotlar ushbu filmga topshirildi. Hisoblashda turli saytlarning reytinglari hisobga olinmagan.

 

Avvalgi rekord “Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi” filmiga tegishli bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 101 ta mukofotga loyiq ko‘rilgan. “Har narsa, har joyda” kartinasi esa nominasiyalar soni bo‘yicha ham, mukofotlar soni bo‘yicha ham uni ortda qoldirishga erishdi.

Nashrning e’tirof etishicha, “Qirolning qaytishi” filmi premyera qilingandan so‘ng 20 yil davomida kino sanoatida ko‘plab yangi mukofotlar paydo bo‘lgan. Biroq, ushbu omil hisobga olinsa yoki mukofotlar maxsus sxema bo‘yicha hisoblansa ham, Den Kvan va Deniel Shaynertning fantastik komediya yo‘nalishidagi filmi Piter Jekson suratga olgan “Uzuklar hukmdori” franshizasi ostidagi loyihani har tomonlama chetlab o‘tadi.

 

Qayd etish mumkin, “IGN Entertainment” bu o‘yinlar va ko‘ngilochar videolar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yetakchi internet-media kompaniyalaridan biri. IGN butun dunyo bo‘ylab 288 milliondan ortiq oylik foydalanuvchilarni qamrab oladi va 51 milliondan ortiq ijtimoiy va “YouTube” obunachilari uning rasmiy sahifalarini kuzatib boradi.

 

“Hammasi har yerdava  birdaniga” 2022-yilda Deniel Kvan va Deniel Shaynert (birgalikda “Daniels” nomi bilan tanilgan) tomonidan yaratilgan absurd komediya-drama yo‘nalishidagi film. Syujet markazi xitoylik immigrant Evelin Vang haqida bo‘lib, u qudratli mavjudot ko‘p olamni yo‘q qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zining parallel koinot versiyalari bilan bog‘lanishi kerakligini aniqlaydi.

“The New York Times” ushbu loyihani surreal komediya, ilmiy fantastika, jang san’ati va animatsiya elementlaridan iborat “janr anarxiyasi girdobi” sifatida baholadi.

.
.

Kinoni qayerdan topish mumkn ?

QkShNEKr
QkShNEKr

1error
error

NOBODY
NOBODY

Kinoni oʻzbek tiliga tarjima qilinglar. Oʻzbektiliga tarjima qilinmagan ekan hali kino. Iltimos muhlislarning fikrini ham inobatga oling

xs
xs

nega haligacha tarjima qilinmadi