Yozuvchi Stefeni Mayer asari asosida ishlangan va millionlab tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan “Sumerki” franshizasi syujeti asosida serial suratga olinishi ma’lum bo‘ldi. Ayni vaqtda ijodkorlar serial syujeti ustida ishlashni boshlab yuborishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, serial ssenariysini tayyorlash vazifasi “Meni alda”, “Bo‘rilar tomonidan tarbiyalangan” va shu kabi ko‘plab loyihalar bilan ishlashda ulkan tajribaga ega bo‘lgan Shineyd Deyliga topshirilgan.
Ijodkorlar guruhi tarkibiga, shuningdek, “Sumerki” filmining ijrochi prodyuserlari – Vik Godfri, Erik Feyg kiritilgan. Yozuvchi Stefeni Mayerning o‘zi ham serialni suratga olish jarayonida ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Sumerki” franshizasi o‘z vaqtida jahon kinoprokatidan 3,4 milliard dollar miqdorida daromad olgan edi.
Serial Meyer asarlarining remeyki bo‘ladimi yoki unda tomoshabinlarga butunlay yangi voqealar namoyish etiladimi – bunisi hozircha aniq emas


Tasodifiy xabarlar
One piece 2 mavsumi fasli oxirgi rasmiy treyleri namoyish qilindi
Makkajo'xori dalasidagi masxaraboz yangi qo'rqinchli film rasmiy treyleri
"Temir odam" haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar (Video)
Furiosa filmi, Telba Maks dostoni:Qahr filminining rasmiy treyleri
"Gul oyining qotillari" filmidan yangi rasmiy treyler
“Yor-Yor” filmi yangicha talqinda suratga olinadi