Aktrisa Jenna Ortega “Qichqiriq” franshizasining yettinchi, yangi qismida ishtirok etmasligi tasdiqlandi. Bu haqda Deadline xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, bunga "Wednesday" seriali ikkinchi mavsumni suratga olish bilan bog‘liq holda Orteganing bandligi sabab bo‘lgan. Yangi "Qichqiriq" filmi ssenariysi hali yozilmagan. Chiqarilish sanasi ham xozircha noma'lum.
Yaqinda bosh rol aktrisasi Melissa Barrera "Qichqiriq 7" dan haydalgan edi. Bunga uning ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlari sabab bo'ldi, u Isroilning XAMAS bilan mojarodagi harakatlarini qoralab, ularni "genotsid" va "etnik tozalash" bilan taqqosladi. Va aktrisa Falastinni qo'llab quvvatlashini bildirdi. Studio aktisa franshizadan chetlatilganini tasdiqlab, ular antisemitizmga yoki Xolokost kabi ishoralarga toqat qilmasligini bildirgan. Ettinchi qism rejissyori Kristofer Lendon ("O'lim kuni bilan") bu masala bo'yicha qaror qabul qilmaganini aytdi.
Ortega va Barrera “Qichqiriq” filmining beshinchi va oltinchi qismlarida opa-singillar Sem va Tara Karpenter rolini ijro etishdi. Ikkala film ham global prokatda 300 million dollardan ortiq daromad keltirgan edi.
Siz qanday fikrdasiz Jenna Ortega "Qichqiriq 7" filmida chiqqani yaxshimi yoki "Wednesday" seriali 2 - mavsumida?



Tasodifiy xabarlar
Aktyor Jonni Depp kino olamiga qaytmoqda
"Galaktika qo'riqchilari 3 " filmi premyera sanasi o'zgardi
Qo'rqinchli filmlar insonlar uchun foydalimi?
Kalmar o'yini 3 mavsum fasli yangi rasmiy treyleri
"Shrek 5" multfilmi qachon chiqishi ma'lum bo'ldi
"Kod 8" filmining ikkinchi qismidan rasmiy treyler namoyish qilindi